So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  0 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Mirjalol Qosimov: “Legionerlarimiz bilan muammolar bo'lishini oldindan sezgandim” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Legionerlarimiz bilan muammolar bo'lishini oldindan sezgandim”

20 avgust kuni O'zbekiston terma jamoasi Bokuda Ozarbayjon terma jamoasi bilan bellashib 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Malumki, oktbyar oyida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Ushbu nufuzli musobaqaga futbolchilarimiz ham puxta tayyorgarlik ko'rmoqdalar. SHu sababli Mirjalol Qosimov ko'proq xalqaro darajadagi o'rtoqlik uchrashuvlariga etibor qaratmoqda. Bu orqali yangi va yosh futbolchilarning bir-birini yaxshiroq tushunishi va terma jamoa o'yiniga moslashishini tezlashtirishi ko'zda tutilgan. Terma jamoamiz oldida esa yana bir qator o'rqtolik uchrashuvlari turibdi. Asosan 22 yoshgacha bo'lgan o'yinchilardan tuzilgan terma jamoamiz oldida jiddiy vazifa turibdi. Bundan 20 yil muqaddam Yaponiyaning Xirosima shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston chempionlikni qo'lga kiritgandi. O'sha paytda g'oliblik ruhini his qilgan Mirjalol Qosimov esa endi hozirgi jamoamizga boshchilik qilmoqda va bu safargi Osiyo o'yinlarida murabbiy sifatida qatnashib yana bir bor ana shunday g'oliblik ruhini his qilishni maqsad qilib olgan. SHuni inobatga olganda, oldimizda turgan musobaqaning ahamiyati yuqori. Kuni-kecha Osiyo o'yinlarining guruhida qaysi terma jamoalar bilan kuch sinashishimiz ham malum bo'ldi. Qura natijalariga ko'ra Afg'oniston, Bangladesh hamda Gonkong terma jamoamiz bilan birga “B” guruhidan o'rin olishdi.  Vakillarimiz Bokudan qaytib kelishgach bosh murabbiy bilan bog'landik.

- Mirjalol Qo'shoqovich, Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o'yindan bosh murabbiy sifatida qanchalik qoniqish hosil qildingiz?
- Murabbiy har doim ham jamoasining o'yinidan 100 foiz qoniqmaydi. Alabtta qaerdadir kamchiliklar ko'zga tashlanadi. Ammo o'rtoqlik uchrashuvi maqomida bo'lsa-da, bu biz uchun nihoyatda kerakli o'yin edi. Ozarbayjon terma jamoasi bir necha yillardan beri Evropa chempionatining saralash bahslarida qatnashib kelyapti. SHu tomonlama qaraganda, ularda evropacha futbol sezilib turibdi. Ozarbayjonlik futbolchilarning texnikasi juda yaxshi. Buning ustiga jismoniy tarafdan ham namuna ko'rsata olishadi. Bu holat bizga qarshi uchrashuvda ham namoyon bo'ldi. Baribir ularning o'yinida hozir aytganimdek, evropacha futbol nafasi bilinib turdi.

- Uchrashuvdan oldin nimalarni ko'zlagandingiz va nimalarga erishdingiz?
- Birinchi navbatda ushbu uchrashuv orqali futbolchilarning bir-birini yanada yaxshiroq tushunib olishlarini istagandik. Hamma ham xalqaro uchrashuvlarda to'p surmagan. Masalan, bunga “Metallurg” hujumchisi SHaxzod Nurmatovni misol keltirishim mumkin. SHuningdek, yarim himoyachilarning o'z poziciyalarida qanday o'ynay olishini ko'rishim ham muhim edi. Ammo ular biroz boshqacha o'yin ko'rsatishmoqda. Uch nafar yarim himoyachi markazda o'ynayapti. Ularning himoyaga va hujumga qanchalik yordam bera olishlari kabi xususiyatlarini ham o'yin davomida ko'rib oldik. Bu borada Ozarbayjon terma jamoasi biz uchun munosib raqib bo'ldi. Ularni sira ham kuchsiz deb bo'lmaydi.

- Bu uchrashuv har jihatdan biz uchun foydali bo'lganligi sezilib turibdi.
- Bo'lmasamchi! Futbolchilar xalqaro darajadagi o'yinda qatnashishlari uchun baribir boshqacha ruhda tayyorgarlik ko'radilar. Mana shunday o'yinlarimiz ko'proq bo'lsa, biz uchun foydadan holi bo'lmaydi. Bu narsani yigitlarning o'zlari ham yaxshi his qilishdi.

- Iordaniya bilan bo'ladigan uchrashuvning 3 sentyabrdan 4 sentyabrga ko'chirilishi rejalaringizga putur etkazmaydimi?
- Yo'q, tasir ko'rsatadi deb o'ylamayman. Nima bo'lganda ham Iordaniya bilan bo'ladigan uchrashuv biz uchun kerakli bahs. SHunchaki ularda oz-moz muammo bo'lgan shekilli o'yinni bir kun keyinga ko'chirishni so'rab murojaat qilishdi. Bu holat jiddiy tasir ko'rsatmaydi. 

- Umuman olganda, 4 va 8 sentyabr kunlari Iordaniya bilan birga Yangi Zellandiyaga qarshi ham o'ynaymiz. Ozarbayjonga qarshi uchrashuvdan xulosa chiqargan holda bo'lajak bellashuvlardan nimani kutyapsiz?
- Mazkur uchrashuvlarda ham Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz harakat qiladi. Yangi Zellandiya bilan bo'ladigan bellashuvda ayrim legionerlarimiz ham ishtirok etishadi deb o'ylayman. Iordaniyaga qarshi o'yin bevosita biz uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.

- Aziz Haydarovni klubi terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yuborishni istamayapti. Bu vaziyat bo'yicha qanday echim topmoqchisiz?
- Aziz Haydarov, Server Jeparov singari yoshi kattaroq tajribali o'yinchilarni ham terma jamoaga qo'shib olishni oldindan o'ylab yurgandim. Biroq Osiyo o'yinlari FIFA kuniga to'g'ri kelmasligi uchun bu borada muammolarga duch kelishimiz mumkinligini ham avvaldan sezgandim. Lekin Aziz bilan ham, Server bilan ham gaplashganimda ular terma jamoaga yordam berish niyati borligini va bu borada xohishlari yuqoriligini alohida aytishgandi. Ammo biz ham ularning holatini to'g'ri tushunishimiz kerak. Har xolda Haydarov ham, Jeparov ham o'z klubida etakchilar hisoblanishadi va chempionatida muhim o'yinlarda qantashishmoqda. Baribir legionerlarimizni klublari uzoq muddatga qo'yib yubormasligidan xavfsirayotgandim. SHunga qaramasdan ular uchun harakat qilib ko'rdik. Ammo rad javobini oldik.  

- Endi Osiyo o'yinlariga uch nafar yoshi katta futbolchilardan kimlar borishini aniqlab oldingizmi?
- Ko'rib turibsiz, milliy chempionatimiz bahslari qizigan pallasiga kirdi. Qolaversa, yana o'rtoqlik uchrashuvlarida ham qatnashamiz. Bu vaqt davomida esa har xil holatlar bo'lishi mumkin. Lekin o'zim uchun ayrim o'yinchilarni aniqlab oldim. Biroq oldinda hali vaqtimiz borligi sababli bu borada shoshilmaymiz. Negaki, kutilmagan o'zgarishlar bo'lib qolishi ham hech gap emas. Ammo bunday o'zgarishlar ro'y bermasligini xohlardim.

- Osiyo o'yinlarining guruh bosqichida Gonkong, Bangladesh va Afg'oniston bilan bellashamiz. Quradan nimani kutgandingiz? Barchasi siz istagandek bo'ldimi?
- Qurada oldindan qaysi jamoalar duch kelishini bilib bo'lmaydi. Avvalo ishtirok etadigan jamoalarning ruxsatini olishdi. SHundan keyin qura tashlandi. Guruh bosqichidan o'yinlarimizni kuchaytirib borishimiz kerak. Qancha yuqoriga ko'tarilaversak, shuncha kuchli jamoalarga duch kelamiz. Oldimizga oliy maqsadni qo'yganmiz. SHuning uchun guruh bosqichidagi bahslarda o'yinimizni yanada kuchaytirib olmoqchimiz.

- Guruhimizdan nisbatan engil raqiblarning joy olganligi futbolchilarimizni biroz bo'lsa-da, bo'shashib qolishiga sabab bo'lmasmikan? Bu esa havotirga soladigandek taassurot uyg'otmoqda.
- Biz albatta o'yinchilarimiz bilan gaplashamiz. Lekin ishonamanki, bunday holatlarga duch kelmaymiz. Har tomonlama bo'lgani kabi yigitlarni ruhan ham tayyorlaymiz. Kimdir bu jamoalarni piyoda yurib bo'lsa ham yutamiz deb o'ylashi mumkin. Lekin bu – futbol. Oldinlari aynan shunday vaziyatlarda ko'p bor jazolanganmiz. Endi esa bu kabi xatolarga yo'l qo'ymaymiz. 

SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика