So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Mirjalol Qosimov: "KXDRni imkon qadar to'psiz qoldirishimiz kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "KXDRni imkon qadar to'psiz qoldirishimiz kerak"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov KXDRga qarshi o'yin oldidan saytimiz orqali o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"KXDR terma jamoasi o'rganib chiqdik. Ular bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi. Tailand, Vetnam kabi terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi. Jahon chempionati saralash bosqichidagi dastlabki o'yinda Yaman bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. KXDR tarkibida o'sha 9-raqamli futbolchisi xavfli, keyin 17-raqamda harakat qiladigan o'yinchisi ham juda yaxshi o'ynaydi. Tayanch zonasida esa 20-raqamdagi futbolchisi etakchi futbolchilardan biri. Umuman olganda ular askarlarga o'xshab jang qilishadi. KXDR jismonan kuchli jamoa. Ularning hujumlari asosan 9-raqamli hujumchisi orqali tashkil etiladi. SHuni unutmaslik kerakki, KXDR judayam intizomli jamoa. Masalan Yaman bilan o'yinda ham ular juda faol o'ynashdi. Gol urilgunga qadar KXDR raqibga bosim uyushtirishdi.

Yaman himoyachisining xatosidan so'ng koreyalik futbolchi juda chiroyli gol muallifiga aylandi. Goldan so'ng KXDR ikkinchi raqam ostida o'ynadi. Lekin bu Yamanga qarshi o'yin. KXDR o'z maydonida bo'ladigan bahsda albatta yanada kuchliroq o'ynaydi. Aytib o'tganimdek, askarlarga o'xshab jang qilishga odatlanishgan. Himoyadan hujumga, hujumdan himoyaga o'tishda tez harakat qilishadi. O'z uylaridagi o'yinda engilroq, birinchi raqamli jamoa sifatida o'ynashga harakat qilishadi. Bu jamoa havodagi yakka-kurashlarda ham juda yaxshi o'ynashadi. Ular bilan o'yinda to'pni yo'qotmaslik zarur. Ularni ko'proq to'psiz qoldirish lozim", - deya o'yin oldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Mirjalol Qosimov.

- Bu raqibga qarshi o'yinda alohida reja tuzilganmi?

- Avvalambor KXDRni qarshi hujumda o'tkazib yubormasligimiz zarur. Ular himoyadan tezda hujumga o'tib ketishadi. KXDRning hujum chizig'i kuchli. Ularga bo'sh hududlarni bermasligimiz kerak. KXDR o'z maydonida o'ynaydi, shu bois ular baribir hujumga o'tishadi. O'shanda raqibni tezkor qarshi hujum orqali raqibni ushlashimiz lozim. Biz KXDRni imkon qadar to'psiz qoldirishimiz kerak bo'ladi. Ko'p narsa o'yin borishiga bog'liq va shunga qarab bazi o'zgarishlar qilinishi mumkin.

KXDR terma jamoasining yarim himoya chizig'ida jismonan baquvvat futbolchilar harakat qilishadi. Biz asosan o'rtani ushlashimiz kerak. Bizda ham bir necha yillar buyon yarim himoyachilarimiz qolgan chiziqdagi futbolchilardan ko'ra kuchliroq hisoblanib kelishadi. SHu boisdan bu bahsda asosiy urg'uni o'rta chiziq vakillariga qaratamiz.


SHaxboz Beg'amov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика