So’nggi yangiliklar

01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  1 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  3 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  1 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  7 00:20Эшитдик-да! Алишер Одилов легионерга айланиш арафасида, йўналиш БААдан Европа томонга қараб ўзгарди  1 00:04Денис Коростиченко: "Ғалаба қозонишимиз учун бир деталь етишмаяпти, холос. Алишер Одилов БАА клубига кўчиб ўтмоқда"  1 23:48Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумда агрессия етишмади. Чемпионат ҳали-бери тугамайди, чемпионлик ҳақида гапиришга эрта"  3 23:33Сергей Арсланов: "Нефтчи" футболчиларига саволим бор..."  7 23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  10 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  9 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  54 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  78 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5

Mirjalol Qosimov: “Hozircha klublar bilan o'ynab turishga majburmiz” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Hozircha klublar bilan o'ynab turishga majburmiz”

Xabaringiz bor, 20 iyuldan boshlab Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoamiz Toshkentda 9 kunlik yig'in boshladi.
Yig'in doirasida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish mo'ljallangan va 22 iyul kuni futbolchilar ilk nazorat bahsini “Navbahor”ga qarshi o'tkazib, 5:1 hisobida zafar quchishdi.

Yaxshi bilasiz, bundan yigirma oldin Xirosimadagi musobaqada ishtirok etgan jamoamiz oltin medallar bilan yurtimizga qaytib kelgandi. O'shanda musobaqada g'olib chiqqan futbolchilar orasida Mirjalol Qosimov ham bor edi. Endilikda Qosimov bosh murabbiy sifatida terma jamoani Osiyo o'yinlariga olib boradi. Maqsad esa o'zgarmagan: chempion bo'lish. “Navbahor” bilan kechgan o'rtoqlik o'yinida so'ng Mirjalol Qosimovdan intervyu olib, ko'pchilikni qiziqtirayotgan bir qator savollarga javob oldik.

-   Avvalo jurnalistlarga bir narsani aytib qo'yishim kerak, bu milliy terma jamoa emas, olimpiya termasi ham emas, - deya takidladi Mirjalol Qo'shoqovich.  - Bu Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan jamoadir. 1991 yilda tug'ilgan va undan kichik futbolchilardan iborat jamoa. Lekin ko'p joylarda O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'in o'tkazyapti deb yozilibdi. Natijada muxlislarda legionerlar qani, nega chaqirilmadi degan savollar yuzaga kelmoqda.

-   Tayyorgarlik xususida nima deya olasiz?
-   Bu tarkib birinchi bor yig'ildi. SHu bois oldimizda turgan asosiy vazifa 14-15 nafar yaxshi futbolchini aniqlab olish bo'ladi. Osiyo o'yinlariga ko'ra uch nafar yoshi 23dan katta futbolchini o'ynatsa bo'ladi va keyinchalik bu tarkibga uchta shunday futbolchini qo'shib Inchxonga yo'l olamiz.

-   Terma jamoamiz aslida Efiopiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi lozim edi.
-   Ha, shunday. Rejaga ko'ra Efiopiya terma jamoasi Toshkentga kelishi va 27-29 iyul kunlari ikkita nazorat bellashuvi o'tkazishimiz kerak edi. Biroq nimadir bo'ldi-yu, ular kelmaydigan bo'lishdi. Vaholanki, muzokalar bir oycha davom etdi. Natijada ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan oliy liganing to'rtta klubi bilan kelishib qo'ydik.

-   “Navbahor” bilan kechgan bahsning ikkinchi taymida maydonga tushgan futbolchilar birmuncha yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Bu nima bilan bog'liq?
-   Birinchi bo'limda to'p surgan yigitlar ham yomon harakat qilishmadi. Faqat birinchi taymda “Navbahor” o'zining asosiy tarkibini qo'ygani bois bizga ham qiyin bo'ldi. Ikkinchi taymda esa tarkibni to'liq yangiladik. Raqib safida ham o'zgarishlar bo'ldi. SHundan so'ng o'yinimiz qovushib ketdi. Lekin jamoa o'yinini yanada o'stirish kerak. CHunki Osiyo o'yinlarida bizga oson bo'lmaydi.

-   Musobaqaga borgan sari kam vaqt qolyapti. Yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarmikan?
-   Avgustda oliy liganing ikkinchi davra bahslari start oladi. Keyin doim ham yig'ilib yig'iin o'tkaza olmaymiz. Qolaversa, buyog'iga FIFA kunlari bilan hisoblashishga majbur bo'lamiz. SHunday ekan, mavjud imkoniyatdan kelib chiqqan holda hozirlik ko'ramiz.

-   Osiyo o'yinlarida mana shu tarkibdan foydalanasizmi yoki safda yana kimnidir ko'rishimiz mumkinmi?
-   Musobaqada shu futbolchilardan foydalanamiz, chunki boshqa o'yinchilarni sinab ko'rish uchun bizda vaqt qolmaydi. SHu tarkibga uch nafar yoshi katta futbolchini qo'shgan holda turnirga jo'nab ketamiz.

-   Yoshi katta futbolchilar safga qachon qo'shiladi? Ularning yig'inda ishtirok etmasdan birdaniga musobaqaga olib ketilishi jamoa o'yiniga tasir ko'rsatmasmikan?
-   Tasiri bo'lmaydi deb o'ylayman. Osiyo o'yinlarining o'tkazilish muddati FIFA kunlariga mos kelmagani uchun legionerlar xizmatidan foydalana olmasak kerak. SHu bois o'zimizning oliy ligada to'p tepayotgan futbolchilardan olib ketamiz.  

-   Avgust oyida Ozarbayjon termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Qaysi tarkib olib ketiladi?
-   Hozir shu haqda bosh qotiryapmiz. Katta ehtimol bilan u yoqqa Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibni olib ketamiz. Negaki bu funbolchilarga musobaqa boshlanguncha ko'proq o'yin amaliyoti kerak bo'ladi.

-   SHuningdek, sentyabr boshida ham ikkita o'yinimiz bor: Iordaniya va Yangi Zelandiyaga qarshi. Bu o'yinlarda qaysi tarkibni sinab ko'rmoqchisiz?
-   Bu ikki uchrashuvda milliy terma jamoa to'p suradi. SHundan so'ng 10 sentyabrda Inchxonga boradigan tarkib yig'iladi va 14 sentyabr kuni uchib ketamiz.

-   Nima deb o'ylaysiz, to'qqiz kunlik yig'inda faqat oliy liga klublariga qarshi nazorat bahslarini o'tkazishning foydasi bormi?
-   Albatta, biz ham terma jamoalarga qarshi o'ynashni xohlaymiz, ammo hozircha buning imkoni bo'lmayapti. Agar Efiopiya rozilik berganida yaxshi bo'lardi, lekin ular ham ko'nmadi. SHunday ekan, hozircha o'zimizning klublar bilan o'ynab turishga majburmiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика