So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  0 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Mirjalol Qosimov: “Har bir futbolchi o'z o'yini va kelajagi to'g'risida bosh qotirishi kerak” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Har bir futbolchi o'z o'yini va kelajagi to'g'risida bosh qotirishi kerak”

17 may kuni poytaxtimizda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida o'zaro aloqalarni kuchaytirish maqsadida bir qator tadbirlar o'tkazildi.
SHular orasida futbol bo'yicha “Paxtakor” va “Qayrat” o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. SHu kuni “Jar” stadionga tashrif buyurgan muxlislar futbolimiz faxriylari ishtirokida ajoyib futbolga guvoh bo'lishdi. O'rtoqlik uchrashuvida Birodar Aburaimov, To'lagan Isoqov, Ulug'bek Ro'zimov, Azamat Abduraimov, SHuhrat Maqsudov, Sobir Xodiev, Ravshan Bozorov, Rustam Do'rmonov singari sobiq futbolchilar qatorida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham maydonga tushdi. SHou-uchrashuv yakuniga etgach, fursatdan foydalanib Mirjalol Qosimovdan intervyu oldik.   

-   Mirjalol aka, avvalo “Qayrat” faxriylariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi xususida to'xtalib o'tsangiz. O'sha oldingi damlarni eslab degandek.

-   Havo issiq bo'lishiga qaramay, uchrashuv yaxshi o'tdi. O'yin gollarga boy bo'ldi, bu esa stadionga kelgan muxlislarga yoqdi. Yaxshi bilasiz, “Paxtakor” va “Qayrat” qarama-qarshiligi doim ishqibozlar diqqat markazida bo'lib kelgan. Oldinlari o'yin Toshkentda bo'ladimi, yo Olma-Otadami har doim shiddatli va keskin kechardi. Futbolchilar maydonda raqib edilar, maydon tashqarisida esa hamma bir-biri bilan do'stona munosabatda bo'lardi. Faxriylar o'rtasida mana shunaqa tadbirlarni tez-tez tashkil qilib turish kerak. Bu ham futbolning ommaviylashishiga olib keladi.



-   Bundan tashqari, “Paxtakor”da ilgari siz bilan birga to'p tepgan sobiq jamoadoshlar bilan ko'rishdingiz?
-   Bu ham yaxshi albatta. Hozir hamma ish bilan bo'lib bunday yig'ilib turishga vaqt topish mushkul. O'ylab qarasam, olti oydan beri futbol o'ynamagan ekanman. Bugungi o'rtoqlik uchrashuvi bahonasida ham to'p tepdik, ham birga o'ynagan jamoadoshlar bilan ko'rishib gaplashdik. Bu ham kishiga zavq ulashadi albatta.

-   “Qayrat”ga qarshi bahslardan sizda qanday xotiralar qolgan?
-   O'z vatida “Qayrat”ga qarshi to'p surganman. Esimda, ularning yaxshi bir grek futbolchisi bo'lardi. Hujum chizig'ida o'ynardi. “Qayrat” tarkibidagi eng yaxsh hujumchilardan biri edi. Mana shu futbolchi hozirgacha xotiramda qolgan.

-   “Qayrat” bilan bo'ladigan o'yinlar doim derbi ko'rinishida kechardi, to'g'rimi?
-   Judayam shiddatli o'yinlar bo'lardi. Stadion doim to'lardi. Nafaqat “Qayrat”, balki “Pomir” bilan ham shunaqa derbi uchrashuvlari ko'p bo'lgan.

-   Keling, endi milliy terma jamoamiz haqida gaplashsak. 27 va 29 may kunlari bo'lib o'tadigan Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yiniga tayyorgarlik qachondan boshlanadi?
-   Rejaga ko'ra 24 may kuni yig'ilamiz. Bilasiz, birinchi uchrashuv Olmaliqda, ikkinchisi Toshkentda o'tkaziladi. Mana shu bellashuvlarda asosan milliy chempionatimizda to'p tepayotgan futbolchilarga imkon bermoqchiman.



-   Bu o'yinlar Maksim SHackix, Viktor Karpenko va Ulug'bek Baoqev uchun terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvi bo'ladi.
-   Ha, shunday. Men bu haqda anchadan beri o'ylab yurgandim. O'z vaqtida terma jamoa uchun ko'p mehnat qilganlarni munosib tarzda kuzatib qo'yish kerak deb o'ylayman. Bu haqda O'FF rahbari Mirabror Zufarovichga aytganimda u kishiyam meni qo'llab quvvatladilar. Futbolda insoniy jihatlar muhim o'rin tutadi. Hech kimning mehnati beetibor qolmasligi kerak.  Bu futbolchilar terma jamoada 50dan ziyon o'yinda ishtirok etishdi va buning uchun ularga rahmat aytishimiz lozim.

-   Katta ehtimol bilan uch futbolchining xayrlashuv o'yini Toshkentdagi ikkinchi bahsda bo'ladi. SHundan kelib chiqib Olmaliqda o'rtoqlik uchrashuvini, Toshkentda esa futbol shousini ko'ramiz desak bo'ladimi?

-   Yo'q. SHu o'rinda muxlislar noto'g'ri tushunmasligi uchun bir gapni aytmoqchiman. Har ikkala uchrashuv ham o'rtoqlik maqomiga ega. SHunday ekan, bunga xayrlashuv uchrashuvi sifatida qaramaslik kerak. Har ikkala bahs ham biz uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi. Men SHackix yoki Baqoevning oldiga borib, bemalol o'ynasanglar bo'laveradi, bu sizlar uchun terma jamoadagi oxirgi o'yin demayman, balki bor kuch bilan o'ynash kerakligini aytaman. Negaki har uchchala futbolchi ham faqat terma jamoa bilan xayrlashyapti, futbol bilan emas. Ular klublariga qaytib borgach, yana professional tarzda to'p tepishda davom etaverishadi. Agar birortasi futbol bilan xayrlashganida edi unda boshqa gap bo'lardi. SHunday ekan, Toshkentdagi bahs shou maqomiga ega bo'lmaydi, biz xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz.



-   Aytaylik, mana shu uchrashuvda Maksim SHackixning o'yini sizga manzur bo'lsa, u terma jamoadan keyinchalik ham chaqiruv olishi mumkinmi?
-   Menga Maksimning o'yini har doim yoqqan. Saviyasi baland hujumchi ekanligini yashirmayman. Ammo milliy terma jamoada har bir futbolchining o'z vaqti-soati bo'ladi. Albatta, SHackix - kuchli hujumchi. U bekorga bir necha yillardan beri Ukraina chempionatida faoliyat yuritayotgani yo'q. Lekin terma jamoa ham armiyadek gap, bunda o'yinchilar keladi, xizmatini qiladi va ketadi. Tan olish kerak, bizda SHkvirin, SHackix darajasidagi hujumchi hali chiqqani yo'q. Bu esa eng og'riqli nuqtamiz hisoblanadi.   

-   Malumki, sentyabrda Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida navbatdagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Zich taqvimdan kelib chiqib bu musobaqaga etarlicha tayyorgarlik ko'ra olamizmi? Aytaylik, xorijda yig'in o'tkazishning iloji bo'ladimi?
-   1994 yil aynan Osiyo o'yinlarida g'olib chiqqanimiz hamon yodimda. Mana shunga ham yigirma yil bo'libdi. Bu gal yana o'sha natijani takrorlashga harakat qilamiz. Har holda oldimizga shunday vazifa qo'yilishi turgan gap. SHuni aytishim mumkin, Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkib uchun alohida yig'in tashkil qilinmaydi. Milliy terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlari orqali biz Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'yinchilarni ham kuzatib boramiz va shunga qarab futbolchilarni saralab olamiz. Bilasiz, bu musobaqada 1991 yilda tug'ilgan va undan kichik futbolchilar qatnashadi. SHuningdek, uchta yoshi katta futbolchini olishimiz mumkin.



-   Xorijda faoliyat olib borayotgan bazi legionerlarimizning hozirgi holati sizni tashvishga soladimi? Masalan, Odil Ahmedov klubi birinchi divizionga tushib ketdi, Anzur Ismoilov bilan Artyom Filiposyanning klublari oxirgi o'rinlarda borishmoqda, Jeparov mana endi o'ynashni boshladi, Bahodir Nasimov esa deyarli maydonga tushmayapti va hokazo.
-   Albatta, menga kimning qanday o'yin ko'rsatayotgani malum. Futbolchi uchun eng katta jazo o'yinga tushmaslik hisoblanadi. Jeparov mana olti oydirki endi o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Vitaliy Denicov jamoasi “Lokomotiv” bu mavsum chempion bo'lishi kerak edi, lekin klub uchinchi o'rinni egalladi. Bularning hammasi achinarli holat. Qolaversa, Fozil Musaev uchun ham achinaman. U o'zi chetga nima uchun ketdi, o'ynab ketishiga ishonganmidi, futbolchi avvalo shularni o'ylab ko'rishi shart. Milliy termaga nomzod futbolchi chetga chiqdimi, u yoqqa borgach zaxirada o'tirish kerak emas. Bugungi kunga kelib o'yinchilarimizga bo'lgan qiziqish juda kamayib ketdi. Demak, ichki chempionatimizda nimanidir o'zgartirmasak bo'lmaydi.



-   Anzur Ismoilov bilan bog'liq muammo bartaraf etildimi? U Ummonga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga keladimi?
-   Biz Anzurning klubiga futbolchini terma jamoaga chaqirish bo'yicha xat yuborganmiz. Uning 27 may kuni kelishi kutilmoqda. Oliy ligamizdan chetga qancha ko'p o'yinchi ketsa shuncha yaxshi. Terma jamoada ham, futbolchining o'zida ham o'sish bo'ladi. Lekin aytib o'tganimdek, bitta sharti bor: futbolchi chetga chiqdimi, maydonda to'p tepishi lozim.

-   Oliy ligamizda shiddatli o'yinlar kuzatilyaptimi?
-   Keskin bellashuvlar bor, lekin judayam kam. Qachonki bir turdan o'rin olgan barcha ettita o'yinning hammasi shiddatli ko'rinish olsa, shundagina o'sishga erishamiz.

-   O'zingiz ko'rgan o'yinlarda yarq etib porlagan biror bir futbolchi ko'zga tashlandimi?

-   Yaxshi iqtidorli futbolchilar ko'p, lekin to'g'risini aytganda, yarq etib ko'zga tashlangan futbolchini hali ko'rmadim. Har bir murabbiy qo'l ostida kuchli futbolchilar to'p surishini xohlaydi, ammo bunday o'yinchi hozircha chiqqani yo'q.



-   Bu o'z navbatida bosh murabbiy sifatida sizga muammo keltirib chiqarmaydimi? Aytaylik, terma jamoa ro'yxatini tuzayotganda qaysi futbolchini chaqirsam ekan deb o'ylanib qolasiz.
-   Vaziyat qanday bo'lmasin murabbiy yaxshi futbolchilarni izlashda davom etadi. Bizda ko'p narsa mentalitetga bog'liq. Bugungi kunda aksariyat futbolchilar o'z ustida ishlamay qo'ydi. Futbolchi matbuotda sal maqtab yuborilsa bormi, o'sha o'yinchi bundan havolanib ketib, o'z ustida ishlashni to'xtatib qo'yyapti. Professional futbolchi bo'lish uchun har doim mehnat qilish kerak. Futbolchi g'alaba qozonadimi yo mag'lub bo'ldimi, darhol shu o'yinni unutib, keyingisi haqida bosh qotirishi kerak. Nega deganda o'yinlar ko'p va birgina g'alabadan keyin havolanib ketish yaramaydi. Men shunday fikrdaman: har bir futbolchi o'z o'yini va kelajagi to'g'risida o'zi bosh qotirishi lozim.

-   Lekin bunday vaziyatlarda ko'pincha bosh murabbiyni aybdor sifatida ko'rsatishadi, murabbiy futbolchiga etibor bermay qo'ydi degan gaplar tarqaladi.
-   To'g'ri, bosh murabbiy har doim jamoa bilan birga bo'ladi, lekin futbolchining o'z ustida ishlamay qo'ygani uchun murabbiy aybdor emas. Futbolchi kim uchun o'ynaydi, muxlislar va o'zi uchun. Agar yaxshi o'ynasin, qaysi murabbiy zaxirada olib o'tiradi? Futbolchining o'zida intilish bo'lmasa, menga hozirgi darajam ham bo'laveradi deb yursa, unda murabbiy nima qilsin. Bunday o'yinchidan tinchgina voz kechib qo'ya qoladi. Hozir ko'p futbolchilar mana biz ham jamoada yuribmiz, futbol o'ynayapmiz deb deb o'ylashyapti. Ammo bu bilan uzoqqa borish qiyin. O'zimizda shundayligicha yuraveradi, biroq chetga chiqqanda futbol o'ynash aslida nima ekanligini tushunib etadi. Futbolchi futbolni tanladimi, to faoliyatini tugatguncha o'sishda davom etishi kerak. Yana qaytarib aytaman, bizda istedodlar nihoyatda ko'p, lekin ko'pchiligi oliy ligada sal ko'zga tashlangandan keyin futbolni ikkinchi darajaga qo'yib boshqa narsalar bilan chalg'ib ketyapti. Natijada shov etib porlagan o'yinchi tezda so'nyapti. Bu esa o'z navbatida ham terma jamoaga, ham klubga tasir qilmoqda.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика