So’nggi yangiliklar

17:25Алехандро Бальде: "Хетафе"га қарши ўйинда ирқий ҳақоратларга учрадим"  0 17:07ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон терма жамоасининг Туркманистонга қарши бошланғич таркиби эълон қилинди  4 17:00ФИФА президенти Инфантино Трамп билан кўришди: "Биз ЖЧ-2026ни муҳокама қилдик"  2 16:39ОК-2025 саралаши. Австралия биринчи ўринни нақд қилиб, мусобақа финал босқичига йўл олди, Ўзбекистон Туркманистонни иккита тўп фарқи билан ютса, иккинчи ўринни олади  0 16:20Туркия чемпионатида фақат хорижлик VAR ишлайди  0 15:45"Милан" афсонаси Эрон клубини бошқаришдан бош тортди   0 15:16"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилишга тайёр  13 14:47Нуну Мендеш ПСЖдан мавсум учун 10 млн евро сўрамоқда  2 14:20"Арсенал" ва "Манчестер Сити" Ҳоланднинг ватандошига даъвогарлик қилмоқда  2 13:52Мураббийликда омади чопмаётган Руни телеэксперт бўлади  2 13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  16 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  39 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  9 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2

Mirjalol Qosimov: "Hali barchaga imkon beramiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hali barchaga imkon beramiz"

O'zbekiston - Ummon (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

"Natijadan qoniqmadik. Bugun muxlislarga qo'shaloq bayram taqdim etmoqchi edik. Ko'rdinglar birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmadi, ikkinchi bo'limda yosh o'yinchilar o'zlarini ko'rsatishdi va biroz hujumkorlik ortdi. Osiyoda barcha jamoalar kuchayishmoqda. Osiyo Kubogi-2015ga qadar hali vaqt bor, musobaqaga qadar zaxiradagi o'yinchilarni sinovdan o'tkazib olishimiz kerak. Mana shunday o'yinlar orqali biz yoshlarni ko'rib olamiz. To'g'ri o'rtoqlik uchrashuvlarida ham natija muhim", - deb gap boshladi Qosimov.

"Bugun uchta futbolchimiz terma jamoadagi so'nggi o'yinlarini o'tkazishdi. Ushbu qaror yigitlarning o'zidan ham chiqdi. SHu bois insoniylik tomonlama ham ular uchun mana shu o'yinda imkoniyat yaratib berdim. Bugun mag'lub bo'ldik, lekin bu o'yinchilarga biroz bo'lsa ham bayram tashkil qilib berdik".

"Ushbu o'yinlarga chaqiruv olishmagan Jeparov, Kapadze, Geynrix va Haydarov hali terma jamoada faoliyatlarini davom ettirishadi. Ularning foydalari bizga ko'p tegadi".

"Temurxo'ja Abduxoliqovning yig'inga taklif olmaganining sababi? Bir vaqtning o'zida barchani chaqira olmaymanku. Hali barchani sinovdan o'tkazamiz. Ikki o'yinda ham hujumchilar gol ura olishmadi, lekin faqat gol bilan o'lchash kerak emas."

"Qanotdan oshiriladigan paslar har doim ham gol bilan tugamaydi. Lekin agar yigitlar buni o'rganib olishsa juda katta foydasi tegadi. Futbolchilarning to'pni noaniq tepishlari, tezkor qaror chiqara olmasliklari bilan bog'liq".

"Ummonga qarshi ikkala o'yinda ham futbolchilarning o'yini yorqin chiqmaganini tan olaman. Bularning ustida ishlashda davom etamiz", - deydi Qosimov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика