So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  2 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  12 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

Mirjalol Qosimov: "Guruhdagi barcha jamoalar kuchli" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Guruhdagi barcha jamoalar kuchli"

Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston va KXDR uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va terma jamoada o'ynash bo'yicha rekordchi Timur Kapadze jurnalistlar bilan uchrashishdi.

- Birinchi navbatda Avstraliyadagi musobaqadan nimalarni kutayapsiz?
Mirjalol Qosimov:
- Avvalo barchani shunday bayram bilan tabriklayman. Osiyo Kubogi juda ham nufuzli turnir. Barcha jamoalarga omad tilayman. Guruhdagi barcha jamoalar kuchli. Bu erda yaxshi futbol namoyish etishga urinamiz.

Temur Kapadze: - Oldimizga katta maqsadlar qo'yilgan. Osiyo Kubogida ko'p bor ishtirok etganmiz. Qandaydir sovrin yutish vaqti keldi. Ertaga ilk o'yin barchasi bizga yaxshi boshlanishiga umid qilaman. 

Xitoylik juranlist: Oxirgi haftada O'zbekiston terma jamoasi ikki bor mashg'ulotlarni bekor qilindi. Buning sababi nima? Guruhda qanday natijaga erishishni istaysizlar?
Mirjalol Qosimov: - Avstraliyada mashg'ulotni qoldirmadik, barchasi rejadagidek ketmoqda. Faqat uning vaqtini o'zgartirdik xolos. Osiyo Kubogiga yaxshi tayyorlandik, undan ko'nglim to'ldi.

Ikkinchi savolga kelsak guruhda birinchi o'rinni olish va chiroyli futbol namoyish etish uchun harakat qilamiz.

- KXDRga qarshi o'yindan oldin nimalarni kutayapsiz?
- Albatta doim musobaqaning dastlabki uchrashuvi og'ir o'tadi. Biz g'alaba uchun intilamiz. SHunda guruhdan chiqish imkoniyatimiz oshadi. Nasib qilsa omad biz tomonda bo'ladi.

- O'zbekiston Osiyo Kubogida qaysi bosqichga qadar bormoqchi?
Timur Kapadze:
- Musobaqada kuchli jamoalar ko'p. Lekin bizning dastlabki vazifamiz guruhdan chiqish.

- KXDRga qarshi tayyorgarlik ko'rish qiyin bo'lmadimi?
Qosimov:
- Albatta oson bo'lgani yo'q. Lekin biz raqibni ancha o'rgandik. Bu jamoa anchadan buyon bir xil taktika 4-4-2 da o'ynaydi. Himoyada juda tartibli harakat qiladi. Ertaga jamoam ijobiy natijaga erishish uchun barcha ishni qiladi. Yuzaga kelgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. KXDR yoshlari Myanmada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham yaxshi o'ynagandi. Ular qarshi hujumda yaxshi harakat qila olishadi.

- O'zbekiston 2014 yilgi Jahon chempionatiga chiqishga yaqin kelgandi. Biroq bu amalga oshmay qolgandi. Osiyo Kubogida bu sizlar uchun qo'shimcha stimul bo'ladimi?
Qosimov:
- Albatta, JCHga chiqa olmaganimiz anchagina alam qilgandi. Lekin hayot to'xtab qolmaydi. Biz Avstraliyada maksimum kuch bilan harakat qilamiz.

- O'zbekistonning iqlimini hisobga olib musobaqani Avstraliyada o'tkazilishiga qanday qaraysiz?
Qosimov:
- Aynan hozir Avstraliyaning iqlimi O'zbekistonning iqlimiga o'xshashib ketadi. SHu bois bu borada hech qanday muammo bo'lmasligi kerak.

- O'zbekiston 2011 yilgi qita chempionatida yarim finalga qadar borgandi. O'sha jamoa hozirgi jamoadan kuchlimidi?

Qosimov: - 4 yil juda katta vaqt. Qatardagi musobaqa tarixga aylandi. Hozir tarkibimizda bir qator yoshlar bor. Tajribali futbolchilar yoshlarga yordam berib borishadi.

- Server Jeparov ushbu musobaqada ishtirok etadi. U haqidagi fikrlaringiz?

- Jeparov bejizga Osiyoda ikki marta eng yaxshi bo'lmagan. U jamoada etakchi, qolganlarni o'zining ortidan ergashtira oladi. Serverning tajribasi bizga as qotadi.

- Avstraliyadagi Osiyo Kubogining tashkilotchiligi borasida fikrlaringiz qanday?

- Bizni juda yaxshi kutib olishdi. Hech qanday muammo yo'q. Faqatgina O'zbekistondan Avstraliyaga bo'lgan masofaning uzoqligini hisobga olmasa barchasi joyida.


Narzulla Saydullaev
Sidney shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика