So’nggi yangiliklar

10:46Жамал Мусиалага Европанинг тўртта ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  0 10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  2 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  2 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  10 08:32Маурисио Почеттинонинг АҚШ термасидаги маоши маълум қилинди  0 07:57ЦСКАнинг етакчиларидан бири жамоани тарк этишга яқин  0 07:30Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 00:55Энцо Фернандес иккита қоидабузарлик сабаб автомобил бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинди  5 00:46“Ал Файҳа” расман Отабек Шукуровни таништирди  7 00:24"Реал" ўз дарвозабони билан шартномани узайтиради  0 23:55Ўзбекистон U-15 терма жамоаси янги бош мураббий қўл остида йиғинга киришди  0 23:29Роналду: "МЮ Лига кубогини ютиши мумкин, аммо ЕЧЛ, Европа Лигаси ёки АПЛ – қийин масала"  21 23:03Илҳом Ҳамроев: "Нидерландия жамоасини ўрганиб чиқдик. Мақсадимиз энг яхши натижамизни такрорлаш ва имкон қадар ўша натижани яхшилаш"  0 22:40“Хоразм” мураббийи Александр Ежов: “Таркибдаги йўқотишлар ва ишонч етишмаётгани мағлубиятга сабаб бўлди”  0 22:30Алексей Естафеев: “Қийин ғалабага эришдик”  0

Mirjalol Qosimov: "Ertangi o'yinda o'zimizni mezbondek his qilyapmiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ertangi o'yinda o'zimizni mezbondek his qilyapmiz"

Osiyo Kubogi chorak finali doirasidagi Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning dastlabki qismida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va hujumchi Bahodir Nasimov ishtirok etishdi.

"Guruh bahslari ham ortda qoldi. Endi mag'lub bo'lgan jamoa uyga ketadi. Guruh bosqichidagi xatoni keyingi o'yinlarda to'g'irlay olasiz, pley offda esa yo'q. Raqiblarimiz haqida nima deya olaman? Bu bosqichda kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Janubiy Koreya terma jamoasi qitamizning kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ammo shuni inobatga olish kerak, dunyoda yutib bo'lmaydigan jamoa yo'q. Ertangi o'yinda o'zimizni mezbondek his qilyapmiz. Avvalgi o'yinlarni uchta har xil stadionda o'tkazgan edik, ertaga esa o'zimizga tanish bo'lgan arenada harakat qilamiz. Undan tashqari avvalgi o'yinda Melburn muxlislarida ilq taassurot qoldira oldik, ajab emas ular ertaga bizga ishqibozlik qilsalar. SHu fursatdan foydalanib, OAV orqali "Melburn Viktoriya" klubi muxlislarini ham ertaga stadionga kelib bizlarni qo'llab-quvvatlashlarini chaqirgan bo'lardim, - deydi Mirjalol Qosimov kirish so'zida.

- Avvalgi o'yinda bir qator yoshlarni tushirdingiz, ertaga ham shunday bo'ladimi yoki Jeparov va Kapadze maydonga tushadilar?
- Ularni hech kim rejamizdan chiqarib yuborgani yo'q. Bugungi mashg'ulotlardan so'ng aniq bir qarorga kelamiz.

- Ertangi o'yin oldidan, revansh haqida ko'p gap so'zlar bo'lyapti. Bu bosimni keltirib chiqarmaydimi?
- O'yinni muhimligini barchamiz yaxshi tushunib turibmiz. Meyorni ushlashimiz kerak, shunda hammasi joyida bo'ladi.

- Ertangi o'yindan oldin sizni xavotirga solayotgan jihatlar ham bormi? Yana Koreyani qaysi tomonlarini kuchli deb bilasiz?
- Janubiy Koreya yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. Agar avvalgi o'yin kabi harakat qila olsak, o'yinimiz chiqadi va bu g'alabaga etaklay olishi mumkin. Raqibimizning kuchli tomonlarini aytsam, ikki-uch nafar futbolchisi tezkorlik bilan hujum uyushtira oladilar.

- Yoshlarda o'yinni bir xil tempda ushlab turish muammosi bo'lishi mumkin, Saudiya Arabistoni bilan kechgan o'yinga aldanib qolmaslik uchun, "B" planingiz bormi?
- To'g'ri, qolaversa bosim ham bor. Bu muammoni oldini olishga harakat qilamiz. Undan keyin tarkibda bazi o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin.

- Server Jeparovni Janubiy Koreyada hamma biladi, u erda sardoringiz ancha mashhur. Qolaversa sizni bizning yurtda tajribali mutaxassis sifatida bilishadi, boisi "Bunyodkor" bilan bizning klublarimizni ko'p marotaba mag'lubiyatga uchratgansiz. (Koreyalik jurnalistning savoli).
- Server to'g'risida bundan ham avval aytib o'tganman. Uni O'zbekiston futboliga qo'shgan xissasi katta. O'z paytida u bilan birga to'p ham tepkanman. Iloji boricha undan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Agar sizning tarifingiz avval qilgan ishimizga emas, ertangi o'yindan kelib chiqib bo'lsa, bundan xursand bo'lar edik.

- Janubiy Koreya guruh o'yinlarida bironta ham gol o'tkazib yubormadi. Bunga qanday qaraysiz?
- Buni statistika ham ko'rsatib turibdi. Demak, jamoani himoyasi yaxshi. Darvozabon esa Avstraliya bilan o'yinda juda yaxshi harakat qilgandi. Undan tashqari hujumchilari ham to'pni oldinda ushlash orqali, to'pni o'z jarima maydonchalari ichidan uzoqroqda ushlashyapti.

- Ertaga jamoangiz penaltilar seriyasiga tayyormi, jamoadagi yoshlar charchab qolmaydilarmi?
- Bu normal holat. Bazan qo'shimcha daqiqalarda ham hisob ochilmaydi. Penaltilar seriyasiga esa tayyormiz deb o'ylayman.


Nodirxo'ja Yuldashev
Melburn
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика