Mirzahakim To'xtamirzaev: “Xorijdagi ishqibozlar sabriga qoyil”
10 dek 2014 21:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/154451_original.jpg)
![](/upload/storage/154451_220.jpg)
Mirzahakim To'xtamirzaev: “Xorijdagi ishqibozlar sabriga qoyil”
Suhbat chog'ida Mirzahakim To'xtamirzaev xorijiy mamlakatlar futbol ishqibozlarining uchrashuvlar vaqtida o'zini tutishi to'g'risida fikr-mulohalarini bildirdi.
“Misol uchun Germaniya klubi ishtirokidagi uchrashuvda mezbonlar 6 ta gol qo'yib yuborgan, har bir goldan so'ng, vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga borar va qarshi hujumni o'tkazib yuborardi. Etiborlisi, mezbon jamoa ishqibozlari uchrashuv oxirigacha ketib qolishmadi, final hushtagidan keyin esa jamoa futbolchilarini olqishlab, biz sizlarga ishonamiz, hali hammasi oldinda, degandek bo'lishdi.
Bizda esa bazan ayrim muxlislar o'zlarini tuta olmay qolishadi. Bor alamlarini futbolchilar va hakamdan olishadi. Vaholanki, ularning gaplari futbolchi va hakamning ko'ngliga og'ir botishini o'ylashmaydi ham. Aslida, futbol odamlar xordiq chiqarishi, zavq olishi uchun yaratilgan bir o'yin, xolos”, - dedi Mirzahakim To'xtamirzaev.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar