Miroslav Kloze: "Germaniya terma jamoasiga qaytmayman"
07 mar 2015 15:49
Yangiliklar


Miroslav Kloze: "Germaniya terma jamoasiga qaytmayman"
"Lacio" hujumchisi Miroslav Kloze JCH-2014dan so'ng Germaniya terma jamoasini tark etganidan afsusda emasligini takidladi.
"Boshqa o'ynamayman, undan ko'ra bir bokal ichimlik olib, nima qilganimni o'ylab ko'raman. Ammo hozircha faoliyatimni yakunlaganim yo'q, shunchaki tanamni nemis terma jamoasi uchun tayyorlamay qo'ydim. Germaniya uchun 137ta uchrashuv o'tkazibman. Bu terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash uchun ajoyib imkoniyat. Bu haqida murabbiylarga aytganman. O'z qarorimni bekor qilmayman" - deydi Kloze.

Fikrlar