Miron Goyxman: “Fortuna Dyusseldorf”ning O'zbekistonga bog'liqlik joyi bor”
19 may 2020 15:50
Yangiliklar


Miron Goyxman: “Fortuna Dyusseldorf”ning O'zbekistonga bog'liqlik joyi bor”
“Tezkor Studiya” galdagi sonida mehmon bo'lgan germaniyalik mutaxassis Miron Goixman “Fortuna Dyusseldorf” jamoasi menejerining O'zbekistonga qanday bog'liqligi borligi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Klub sport direktori Lutc Pfannenshtilning turmush o'rtog'i O'zbekistondan. To'y ham Toshkentda bo'lgan. Adashmasam qaysidir yili u O'zbekistonda ham ishlagan. Futbolchi sifatida juda ko'p mamlakatlarda to'p tepgan. Professional darajada barcha qitalarda o'ynagan birinchi va hozirgacha yagona futbolchi hisoblanadi. Malum vaqt nemis TV kanallarida ekspertlik ham qilgandi. "Xoffenxaym”da skautlik qildi, hozir "Fortuna"da ishlamoqda",- deydi Goyxman.
Malumot uchun, "Fortuna Dyusseldorf" Bundesligada 26ta turdan so'ng 23 ochko to'plab musobaqa jadvalining 16-pog'onasida bormoqda.
Lutc Pfannenshtil
Kechagi "Tezkor Studiya"ni tomosha qiling:
O’xshash yangiliklar
02:27
Birinchi bahsda 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan "Boxum" Bundesligada jon saqlab qolishni uddaladi! 1

Fikrlar