Miroman Kim vafot etdi
21 apr 2015 13:57
Yangiliklar


Miroman Kim vafot etdi
U boshchilik qilgan "Andijanka" jamoasi nafaqat Andijon shahrida, balki, butun respublika ayollar futbolida o'ziga xos namuna bo'lib qoldi. Asli Janubiy Koreyada tavallud topgan Miroman Kim, ommaviy ko'chirish vaqtida oilasi bilan Samarqandga kelib qolgandi.
U murabbiylik faoliyatini chim ustida xokkey sport turidan boshlagan. U boshqargan chim ustida xokkey bo'yicha ayollar jamoasi keyinchalik ayollar futbol jamoasiga aylantiriladi. Miroman Kim ushbu jamoani birinchi yildayoq chempion qiladi. Uning jamoasi to'rt marta Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi.
Kim rahbarligida ayollar terma jamoasi qitada beshinchi va oltinchi o'rinlarni qo'lga kiritdi. Bu O'zbekiston ayollar terma jamoasining eng yaxo'shi ko'rsatkichidir. "Andijanka" bilan u 7 oltin, 12 kumush, 1 bronza, 4 ta O'zbekiston Kubogini qo'lga kirigan edi.

Fikrlar