So’nggi yangiliklar

11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  0 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  1 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  13 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  4 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  10 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  13 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  3 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  20 23:13Тер Штеген операция қилинади  1

Mirko Yelichich: “Ayrim futbolchilar mavsum davomida dam olishmagan” Yangiliklar

Mirko Yelichich: “Ayrim futbolchilar mavsum davomida dam olishmagan”

Ertaga "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tishi kutilayotgan O'zbekiston va Falastin uchrashuvidan oldin, futbolchilarning jismoniy holati borasidagi savollarga javob izlash maqsadida murabbiy Mirko Yelichiga yuzlandik.

- Saudiya Arabistoni bilan o'yindan so'ng futbolchilarni jismonan hamda ruhan tiklash va navbatdagi bahsga tayyorlash jarayoni qiyin bo'lmadimi?
- Hammasi yaxshi. Keyingi o'yinga vaqt kamligi bois, asosan futbolchilarni kayfiyatini ko'tarishga etibor berdik. SHuningdek, avvalgi o'yindagi yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishladik. Raqibni ham o'rgandik, ularga qarshi qanday o'ynash kerakligini aytdik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rib chiqdik. Endi nima bo'lishini ertaga ko'ramiz.

- Falastinning Yamanga qarshi o'yinini ko'rib, kuzatilgani aniq. Raqib haqida yana nima deya olasiz?

- Raqibimiz o'yinni yaxshi tashkil qila oladi. Jamoaviy o'yin maromida yo'lga qo'yilgan. Garchi, yutqazishgan bo'lsada pozitiv kayfiyatda kelishdi deb o'ylayman. Kurashuvchanlik va yuqori kuch evaziga to'p tepishadi.



- Biz ham, raqib ham oldingi turda mag'lubiyatga uchradi. Demak, ular boshqacha tayyorgarlik bilan maydonga tushishadi...

- Ha. Dastlabki daqiqalarda ular tartibli futbol o'ynashalari mumkin. O'yinga va maydonga moslashib olishgach biroz oldinga o'tishadi va ochilishadi. Bor gap shu.

- Futbolchilar o'yinga jismonan shay holatdami? Aksariyat o'yinchilar bu yil juda ko'p uchrashuv o'tkazishdi va ko'p kuch sarflashdi...

- To'g'ri, ustiga-ustak mavsum yakuni ekanligini inobatga olish darkor. Ayrim yigitlar mavsum bo'yi dam olishmadi. Buni ham bir fakt sifatida qabul qilsa bo'ladi. Ammo, savolingizga aniq javob bera olmayman. Qolganini vaqt ko'rsatadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика