So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Mirko Elichich: "Superliganing bazi jamoalari ko'rsatayotgan futbol sifatidan qoniqmayapman" Yangiliklar

Mirko Elichich: "Superliganing bazi jamoalari ko'rsatayotgan futbol sifatidan qoniqmayapman"

O'zbekiston kubogi guruh bosqich 3-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Biroz avval yakuniga etgan Muborakdagi o'yinda "Mashal" jamoasi "Olimpik"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bellashuvdan keyin toshkentliklar ustozi Mirko Elichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Futbol sifati tomonlama yaxshi o'yin bo'ldi. Bugun tarkibda o'zgarishlarga qo'l urdik va nisbatan kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan yigitlarga imkon berdik. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. "Mashal" ikkinchi bo'limda o'zgarishlardan keyin o'yinini kuchaytirdi, biz esa aynan ikkinchi 45 daqiqalikni boy berib qo'ydik. Umumiy olganda shogirdlarim ko'rsatgan o'yin yoqdi", - deya fikrini bildirdi mutaxassis.


- Bahrom Vafoev nomidagi stadionning maysasi haqida fikringiz?

- Bu maydonda bemalol futbol o'ynash mumkin, lekin Superligada o'ynash uchun bundan ham yaxshiroq holatga keltirsa bo'ladi. Bu borada Asror (Aliqulov) bilan ham gaplashdim, unga ham maydon yaxshi holatda bo'lgani maqul. Yaxshi maydonda sifatli futbol o'ynash mumkin. 


- Bu yil kubok bahslari kutilmagan natijalarga boy bo'lyapti. Masalan, amaldagi kubok sohibi "Andijon" va undan oldingi kubok g'olibi "Nasaf" guruhda qolib ketdi. Birinchi liga klublari Superliga vakillari bilan tengma-teng o'yin ko'rsatishyapti va g'alaba ham qozonishyapti. Bu o'zbek futbolining rivojlanayotganidanmi?

- Joriy mavsum Superliga o'yinlarini kuzatyapman va bazi jamoalar ko'rsatayotgan futbol sifatidan shaxsan o'zim uncha qoniqmayapman. O'zbekistonda akademiyalar jamoalariga etibor berila boshlandi va bu asta-sekin o'z so'zini aytadi, yosh o'yinchilar futbol o'ynashni o'rganib borishmoqda. O'zbek futboli to'g'ri yo'lda va bu o'z samarasini beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика