Mirko Elichich: "Jamoam haqiqiy futbol namoyish etganidan xursandman"
11 iyu 22:02
Yangiliklar


Mirko Elichich: "Jamoam haqiqiy futbol namoyish etganidan xursandman"
“O'yin qiyin kechishini bilardik. Raqib jamoa biroz noqulay futbol o'ynaydi. Men esa o'z jamoam haqiqiy futbol namoyish etganidan xursandman. Yosh futbolchilar bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. “Aral” esa ancha yildan beri birga o'ynab kelayotgan jamoa. Ularga qarshi o'yinda g'alaba qozonish qiyin. Mening nazarimda, biz bugun yaxshiroq harakat qildik” - dedi Mirko Elichich bahs yakunlangach.
- So'nggi o'yinlarda jamoa ko'p vaziyatlar yaratmoqda, ammo realizaciya masalasida muammolar bor. Bunga sabab nima?
- Deyarli barcha hujumchilarimiz 2007 yilda tug'ilgan yigitlar, faqatgina bir futbolchidan tashqari. Ular o'z yosh toifasida yaxshi o'yinlar namoyish etmoqda, ammo tajribali himoyachilarga qarshi o'ynash ham oson emas. Ular jismoniy jihatdan ham ancha baquvvat, shuning uchun biroz qiyin bo'lmoqda. Mashg'ulotlarda ishlamoqdamiz, ammo o'yin jarayonidagi vaziyatni mashg'ulotlarda takrorlab bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar