Mirjalol Qurbonov: "Durang adolatli natija bo'lar edi"
11 iyu 2016 17:03
Yangiliklar
Mirjalol Qurbonov: "Durang adolatli natija bo'lar edi"
“Qo'qon-1912” jamoasining etakchi o'yinchilaridan biriga aylangan Mirjalol Qurbonov, “Neftchi”ga qarshi o'yin haqida fikrlarini bayon qildi.
-O'yin haqiqiy derbiga mos judayam shiddatli bo'lib o'tdi. Biz ham raqiblarimiz ham bor kuchlari bilan g'alaba qozonish uchun harakat qildik. Faqatgina biroz omad tufayli bu o'yinda “Neftchi” g'alaba qozondi deb o'ylayman. Aslida durang adolatli natija bo'lar edi. Biz golli vaziyatlarni etarlicha yaratdik, ayrim vaziyatlarda O'tkir Yusupov mahorat ko'rsatdi. O'ylaymanki ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarimizga yoqdi. SHu o'rinda bizni qo'llash uchun Farg'onaga borgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Meni sog'ligim uchun qayg'urayotgan muxlislarimga shuni malum qilamanki, kecha olgan jarohatim unchalik jiddiy emasligi aniq bo'ldi, - deydi Qurbonov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar