Mirjalol Qosimovni tabriklaymiz!
17 sen 2018 10:31
Yangiliklar
Mirjalol Qosimovni tabriklaymiz!
O'zbek futbolining tirik afsonasi, 3 karra O'zbekiston chempioni, 4 karra O'zbekiston kubogi sohibi, Rossiya chempioni, Rossiya chempionati kumush medali sohibi, Osiyo o'yinlari g'olibi, O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempioni, O'smirlar o'rtasidagi Evropa chempioni, O'zbekiston chempionati to'purari, O'zbekistonning 4 karra eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Mirjalol Qosimov bugun 48 yoshga to'ldi.
Mirjalol Qo'shoqovich murabbiy sifatida 3 karra O'zbekiston chempioni, 3 karra O'zbekiston kubogi sohibi, 2 marta OCHL yarim finalchisi, 2012 yil O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan.
O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan murabbiy, SHuhrat medali sohibi, O'zbekiston iftixori, Fidokorona xizmatlari uchun ordenlari bilan taqdirlangan.
SHu o'rinda biz Qosimovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar