So’nggi yangiliklar

08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  7 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  22 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  23 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  7

Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolni turib o'ynab bo'lmaydi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolni turib o'ynab bo'lmaydi"

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.




"Turnir jadvalining yuqori pog'onalarini egallab turgan ikki jamoa to'qnashdi. Qolaversa "Paxtakor" yaxshi shakllangan jamoa. Ikki, uch yildan beri deyarli bir xil tarkib bilan harakat qilib kelmoqda. Tarkibida kuchli ijrochilar bor. Menimcha yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Qisqa vaqt ichida darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Qo'shib berilgan daqiqalarda yana gol o'tkazib, mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Darvozabonimiz yaxshi harakat qildi. Haqiqatdan ham chiroyli o'yin bo'ldi. Ayrim jarohat olgan futbolchilarimiz ham borlarini berishdi. So'ngi 15 daqiqalikni hisobga olmaganda durang adolatli.

Futbol yugurishdan iborat. Hozirgi zamonaviy futbolda turib futbol o'ynab bo'lmaydi. Bugungi kunda futbolda birinchi o'rinda turadigan narsa bu yugurish. Texnika, fikrlash va boshqa narsalar ikkinchi, uchinchi darajada. Haqiqtatdan ham rotatciya har bir o'yinda amalga oshirmoqdamiz. Elguja Grigalashvili, Dilshod Jo'raev jarohat sabab yordam bera olishmadi. Saydulloga raqobat sifatida Murod Toshmatovni ham o'ynatyapman. Bu birinchi marotaba emas. Jamoada darvozabonlardan tashqari yana 20ta futbolchi bor. Mavsum hali uzoq. SHuning uchun maydonga chiqqan har bir futbolchi o'zini hissasini qo'shishi kerak.



Xojimat Erkinov bizga "Paxtakor"dan ijara asosida o'tgan. Bugun o'z jamoasiga qarshi to'p tepdi. Yosh bo'lishiga qaramasdan iqtidorli va mahoratli futbolchi. Elgujani o'rniga boshlang'ich tarkibdan joy oldi. O'zidan yomon taassurot qoldirmayapti. Birinchi turda ham, "Bunyodkor" bilan o'yinda ham zaxiradan maydonga tushib kuchaytirdi. O'sishdan to'xtab qolishi kerak emas. Kelajagi bor.

Birinchi golni o'tkazib yuborganidan keyin futbolchilar o'ziga kelgunicha ikkinchi golni o'tkazib bordik. Bu borada ko'rsatmalar berdim. Darvozamizga yopishmaslikka, iloji boricha to'pni uzoqroqda ushlashga harakat qilish kerakligini tushuntirgandim. Hisobni ushlab qolishni o'yladik. Istaymizmi yo'qmi bunda xatolar kelib chiqadi. "Paxtakor"ni "Surxon" bilan o'yinini ko'rib o'rganib chiqqanimizda ham bir daqiqa ichida ikkita gol urishganini ko'rgandik. Bu ham futbolning bir qismi",- deydi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика