So’nggi yangiliklar

20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  2 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  5 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 19:26"Норвич" футболчиси рақибга тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  0 19:00Роналду – кетма-кет 24 йил гол урган биринчи футболчи!  18 18:39"Шу кунга қадар босиб ўтган йўлимни эсласам, кўзимга ёш келади". Теҳроннинг "Истиқлол" клубига ўтаётган Жоэль Кожо сайтимизга интервью берди  4 18:13АПЛда декабрь ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  1 17:50Ўзбекистон U-18 терма жамоаси "Сурхон" U-21'дан устун келди  3 17:31Breaking! "Арсенал" Рэшфорд учун қанча тўламоқчи бўлаётгани аниқ  4 17:10Ўзбекистон футзал федерацияси таклиф ва тавсияларни қабул қилмоқда  1 16:57АПЛда декабрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  3 16:37"Бунёдкор" йирик миқдордаги товон пули эвазига ОКМК футболчисини сотиб олди  11 16:22Ибрагимович Рэшфордни "Милан"га ўтишга кўндирди  0 15:55АПЛнинг икки топ-клуби Жуд Беллингемнинг укасига қизиқмоқда  0 15:30"Ростов" қишки йиғин учун таркибини "Кальмар ўйини" сериали услубида эълон қилди  8

Mirjalol Qosimov: "Yo'qotishlar bahona emas, bu men uchun sinov" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yo'qotishlar bahona emas, bu men uchun sinov"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – AGMK uchrashuvidan so'ng Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

Mag'lub bo'lishga haqli emasdik, lekin bu futbol. Bugun stadionga tashrif buyurgan hamda televizor orqali uchrashuvni kuzatgan muxlislarga o'yin maqul bo'ldi, sababi chiroyli futbol guvohi bo'ldik. Jangovarlik, shiddatlilik hamda tezkorlik jihatdan ikki jamoa ham ko'ngildagidek o'yin namoyish etdi. "Lokomotiv" bu borada omadliroq chiqdi, ularni tabriklayman. Mashaqqatlar bilan gol urib, tezkor gol o'tkazib yubordik. Futbolda o'ziga yarasha qonun-qoidalar bor. Ikkinchi bo'limda ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgandik, ulardan unumli foydalanishimiz lozim edi. Futbolda "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql bor. Xatolar ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Jarohatlangan hamda diskvalivikaciyaga uchragan futbolchilarimiz bizga yordam bera olmayotgani sababli uchrashuv so'nggida o'yinimizni kuchaytira olmadik. Yigitlarimizning yog'ingarchilik bo'lgan havoda toliqqani ko'rinib qoldi. SHu jihat orqali ham ko'pgina o'yinlarimiz taqdiri hal bo'lgan. Yo'qotishlar ham men uchun sinov, bu ham o'z o'stimizda ko'proq ishlashga turtki beradi. 

— Bugun zaxirada o'yinchilar etishmasligi tufayli 78-daqiqaga boribgina o'zgarish qildingiz. Unda ham himoyachi Ahmadaliev yarim himoyachi poziciyasida harakat qildi. 

— SHifokorlarimiz jarohatlangan futbolchilarni ertaroq tuzatishga harakat qilmoqda. Ularning tuzalishi o'yinga tayyorligini bildirmaydi. Ular jismoniy jihatdan ham shay bo'lishi lozim. Yo'qotishlar ham bizga pand berib qo'ydi. Bu bahona emas, balki tajriba orttirish uchun sinov. Bugun yigitlar chiroyli, kombinacion o'yin ko'rsatishdi. 

— O'yinda 20-25 daqiqa davomida shunday taassurot paydo bo'ldiki, Alisher Jalilov to'psiz juda ko'p yugurdi. U pas berish bobida juda mahoratli sanaladi. Nima sababdan Jalilov singari uzatmalarni qoyilmaqom ijro etadigan futbolchilar to'p bilan ko'p muomala qilmayapti? 

— Uning jamoaga moslashishi uchun biroz vaqt talab etiladi. Hozirgi futbolda ko'p harakat qilish zarur. Aaqatgina texnikaga asoslanib, o'yin taqdirini hal qiladigan zamonlar o'tib ketdi. Alisherda yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi, u yaxshi ochilishlar qildi. Maydonga chiqqan har bir futbolchi to'g'ri harakat qilishi kerak. 

— Zafar Polvonov o'yin oxirlarida maydonga tushdi. Uning ustun jihati — bosh bilan yaxshi o'ynaydi. Biroq AGMK futbolchilari qanotdan uzatmalar amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch keldi. Bu futbolchilardagi charchoq alomati bilan bog'liqmi?

— Bu savolga o'zingiz javob berib qo'ydingiz. Savol uchun ham, javob uchun ham rahmat. 

— 22-daqiqada "Lokomotiv" himoyachisi pas berishda to'pni Alisher Jalilovga "sovg'a qildi". Jalilov to'p bilan 4 qadam yurdi, ammo ikki qanot yarim himoyachilari va hujumchi unga pas oshirish uchun variant bermadi. Tezkor qarshi hujumga ketish mumkin bo'lgan joyda Jalilov to'pni orqaga qaytardi.

— Bu savolga javobni o'yinni qayta ko'rgach, ayta olishim mumkin. Bu vaziyatda u to'pni qabul qilishidan avval o'ylash kerak edi, bu o'yin shaxmat emas, himoyachilar tezda bo'shliqlarni to'ldirishadi. Qachon g'alaba qilinadi? 11 ga 11 o'ynalganda, fikrlash doirasi, tezlik, to'pni nazorat qilishda mohirlik orqali. 




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика