So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  17 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Mirjalol Qosimov: "Stadionga qancha muxlis tashrif buyurishidan qati nazar, ular uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Stadionga qancha muxlis tashrif buyurishidan qati nazar, ular uchun maydonga tushamiz"

O'zbekiston kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan OKMK - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Judayam zo'r o'yini bo'ldi. Qolaversa, penaltilar seriyasida g'alaba qozonganimiz nur ustiga alo nur bo'ldi. Jamoa muxlislari va shogirdlarimni mazkur g'alaba bilan tabriklayman. 

- OKMK penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rganmidi?

- O'yinda har qanday vaziyat bo'lishi mumkin. Bu ham ishimizning bir bo'lagi. SHu bois, seriyaga ham tayyorlangandik. Maydonga yaxshi niyatda chiqiladi, lekin nima sodir bo'lishini o'yindan keyin bilib olasiz. G'alabadan xursandman.

- Bugun siz tomondan ham, Babayan tomondan ham etirozlar ko'zga tashlandi. Hakamlar bugungi o'yin darajasiga mosmidi?

- O'yin davomida hissiyotlari bo'lishi tabiiy. O'zimda bunday holatlar ko'p bo'lgan. Hatto 70 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida ham o'y-fikrlar faqat maydonda bo'ladi. Bu futbolning bir qismi. Eng yomon narsa — beg'am bo'lish. Hakam ikki tomon zarariga ham ishlagan vaziyatlar bo'ldi.

- SHogirdlaringizda g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoq ko'zga tashlandi. Osiyo CHempionlar ligasida shu jihat etishmayotgandek...

- CHetdan gapirish judayam oson. Har bir o'yinga o'ziga yarasha tayyorgarlik ko'riladi. Maydonga xohishsiz tushmaymiz. Bugun bir-biriga munosib jamoalar maydonga tushdi. Xatolar Evropa futbolida ham kuzatiladi. Biz har bir o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Stadionga qancha muxlis tashrif buyurishidan qati nazar, ular uchun maydonga tushamiz. G'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. 

- Haqnazariy va Sanches engil jarohati sabab majburan zaxiraga olindi. CHempionlar ligasiga qadar bu o'yinchilar tiklana oladimi?

- SHu narsa boshni qotirmoqda. Uch kundan so'ng "Sepahon"ga qarshi maydonga tushamiz. Ushbu o'yingacha tiklanib olish ham kerak. Jarohatlanganlar ham bor. Bu ham bir sinov. Tezroq tiklanishimz kerak. Zero, til shunday suyaksiz narsaki, yutganingda tepaga olib chiqib qo'yadi, muvaffaqiyatsizlikka uchrasang, pastga sudraydi.


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика