So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

Mirjalol Qosimov: "SHonli tarixi va porloq kelajagi bor "Bunyodkor" o'zbek futboliga kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "SHonli tarixi va porloq kelajagi bor "Bunyodkor" o'zbek futboliga kerak"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning Qarshidagi o'yindan keyingi fikrlarini "Nasaf" matbuot xizmati klub rasmiy saytida chop etdi.

"Qarshida “Nasaf”ga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'lgan. G'alabaga osonlikcha erishdik demagan bo'lardim. Omad bugun biz tarafda bo'lganini ham qayd etish lozim. agarda penalti golga aylanganida umuman boshqacha scenariy guvohiga aylanishimiz ham mumkin edi. "Bunyodkor" har doim chiroyli o'yin ko'rsatish va g'alaba qozonish ishtiyoqida maydonga chiqadi. CHempionlik uchun kurashni oxirgi turlarga qadar davom ettira olishimizga ishonaman. O'ylaymanki, jamoam sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritishga qodir. Kuch va mahorat bobida ham "Bunyodkor" futbolchilarining hech kimdan kam joyi yo'q. “Bunyodkor”ni keyingi taqdiri? "Bunyodkor"dek klub saqlanib qolishini niyat qilamiz. O'zbek futbolidagi shonli tarixga ega "Bunyodkor"ning umri uzoq bo'lishini istardim. CHunki jamoaning nafaqat shonli tarixi, balki porloq kelajagi ham bor. "Bunyodkor" o'zbek futbolida yosh iqtidorlarni etishtirib berishda ham birinchilar qatorida. SHunday jamoa, ajoyib akademiyaga ega klub o'zbek futboli uchun kerak", - deydi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика