So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  7 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  7 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Mirjalol Qosimov: "Sabrning tagi rohat" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Sabrning tagi rohat"

Superliganing 13-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

- Jamoa men xohlagan o'yinni ikkinchi bo'limda namoyish etdi. Birinchi taymda esa o'yinimiz chiqmadi. Tanaffusdan keyin o'yinni kuchaytira oldik. Ammo natijani yaxshilay olmadik. Hali chempionat uzun. O'ylaymanki, ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni qolgan bahslarda davom ettiramiz.

Futbolchilarga bugun stadionga ko'plab muxlislar kelishini takidlab, futboldan rohatlanib o'ynashni uqtirgandim. Nega birinchi bo'limda kam o'rnimdan turdim? Kayfiyatim yo'q edi? Yo'q, shunchaki og'iz ochishni kutib turgandim. SHu boisdan ham o'yin davomida meni turishga majbur qilmaslikni futbolchilardan so'ragandim. Ammo baribir keyinchalik o'rnimdan turishga majbur bo'ldim. Lekin buni bugungi o'yinga umuman aloqasi yo'q. To'g'ri, jamoadagi futbolchilar orasida ruzadorlar bor. Nafaqat futbolchilar, balki murabbiy va klub xodimlari ham barcha qatori ruzador.

Mukofot pullari? Jamoamizda mukofot pullari bekor qilingani haqidagi xabar qaerdan paydo bo'lganini bilmayman. Ammo futbolchilar hali umuman mukofot pullarini olishgani yo'q. Mayli, sabr qilamiz. Sabrni tagi rohat.


Anvar G'ofurov: "Qiyin uchrashuv bo'ldi. Birinchi bo'limda ko'ngildagidek o'ynolmadik. Ikkinchi taymda esa o'yinni kuchaytira oldik. Lekin bu kamlik qildi. Uchrashuvdan keyin murabbiylar bilan o'yinni tahlil qilib chiqamiz".


Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика