So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Mirjalol Qosimov: "Raqibning o'yinlarini ko'rib chiqdim, yigitlarimizga ishonaman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Raqibning o'yinlarini ko'rib chiqdim, yigitlarimizga ishonaman"

OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan OKMK - "Al Sib" uchrashuvidan avval mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Sanjar Tursunov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

Mirjalol Qosimov: Anchadan beri kutilgan kun etib keldi. O'tgan yilgi natijamizdan kelib chiqib, mazkur bosqichda ishtirok etyapmiz. Osiyo CHempionlar ligasining havosi boshqacha. Bo'lajak o'yinga tayyormiz. Maqsadimiz — keyingi bosqichga yo'l olish. 

Sanjar Tursunov: Ertaga Olmaliq shahri aholisiga bayram kayfiyatini ulashishga harakat qilamiz. 

- Matbuot anjumanlarining birida biz faqat keiyngi raqib haqida o'ylaymiz. Boshqasi haqida umuman bosh qotirmaymiz, degansiz. "Olimpik"ga qarshi o'yin yakunlanganiga uch kun bo'ldi. SHu payt mobaynida bo'lajak raqib etarlicha o'rganildimi?

Mirjalol Qosimov: To'g'ri, shunday deganman. CHunki o'yindan o'yinga sakrab bo'lmaydi. Ammo bu klub ham miyaning bir burchagida edi. Raqib to'g'risida etarlicha malumot yig'ildi. "Al Sib"ning o'yinlarini ko'rib chiqdim. Jamoa yaxshi himoyalanadi va tezkor hujumga o'ta oladi. Hatto 95-96-daqiqalarda gol urib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib ketgan paytlar ham bo'lgan. Bu futbol. Yigitlarimizga ishonaman. Vaziyatlardan kamroq xato qilib, ko'proq unumli foydalanish kerak.

- OKMK chempionat doirasida ko'pgina o'yinlarda darvozasidan to'p olib chiqmoqda. Bu seriya bo'lajak o'yinda ham davom etishidan xavotirlanmaysizmi?

Mirjalol Qosimov: Futbolda 11 kishi himoyada o'ynay olmaydi. G'alaba omadga ham bog'liq. OKMKning o'yinlarini kuzatsangiz, o'ziyam o'ynaydi, raqibgayam imkon beradi. Albatta, hujumga o'tgach, mudofaada bo'shliqlar paydo bo'ladi. Ertangi o'yin bitta bahsdan iborat. SHunday ekan, faqat g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz.

- Yozgi transferlardan so'ng jamoa OCHLda ishtirok etishga tayyor tarkibga egami? Bo'shliqlar to'ldirildimi? 

Mirjalol Qosimov: Transferlar borasida O'zPFL reglamentiga bo'ysunishga majburmiz. Istagancha o'yinchi sotib ololmaymiz. Aslida, har bir poziciyada ikkitadan futbolchi bo'lsa, rivojlanish uchun zamin yaraladi. Mavjud tarkibdan kerakli natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Sanjar Tursunovga savol: Qayta tamirlangan maydon holatini qanday baholaysiz?

Sanjar Tursunov: Yangilangan maydonga tushib ko'rdim. O'ylashimcha, hozirgi stadionni O'zbekistondagi eng yaxshisi deb ayta olaman.  

Mirjalol Qosimov: SHart-sharoitlar yaratib bergani uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildiramiz. Bunday maydonga chiqqandan keyin odam rohatlanadi. O'zbekiston terma jamoasi ham o'z o'yinlarini shu erda o'tkazsa bo'ladi.

- "Al Sib" murabbiyi Olmaliqda yaxshi mehmonxona yo'qligi sababli jamoasi Toshkentdan mazkur shaharga qatnayotganini aytdi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Ularning o'zlari poytaxtdagi mehmonxonani tanlagan bo'lsa kerak. Biz xorij mamlakatiga borishdan avval o'zaro maslahatlashamiz. Men, ilk navbatda, aeroportga etibor beraman, keyin mehmonxonaga, so'ngra maydonga ahamiyat qarataman. Stadionga uzoq bo'lgan hashamatli boshpanadan maydon atrofidagi oddiyroq mehmonxonani tanlayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика