So’nggi yangiliklar

16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  6 15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  6 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  1 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9

Mirjalol Qosimov: "Raqib 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay bizga qiyinchilik tug'dira oldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Raqib 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay bizga qiyinchilik tug'dira oldi"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan AGMK - "Qo'qon-1912" (3:0) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- Har bir bahs oson o'tayotgani yo'q. CHempionatda kurashlarga boy o'yinlar ko'p bo'lmoqda. O'z imkoniyatlardan foydalana olgan omadli jamoa g'alabaga erishmoqda. Bugun ham shu kabi o'yin bo'ldi, oson o'tgani yo'q. Mavsum startini yaxshi boshlay olmadik, hozirda bizga ochkolar juda zarur. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqishimiz, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun harakat qilishimiz zarur. 

Bugungi o'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Birinchi golni urganimizdan so'ng bir oz engillik biz tomonga o'tdi. Rahmatullaevning qizil kartochkasi bizga o'yinni nazorat qilishimizga xizmat qildi. Lekin "Qo'qon-1912" oxirigacha kurash olib boradigan yaxshi jamoa ekanini bilardik. Ular 10 kishi bo'lib qolganliklariga qaramay bizga qiyinchilik tug'dira olishdi. Eng muhimi 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Endilikda navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlikka kirishamiz. Oldinda bizni "Paxtakor"ga qarshi o'yin kutib turibdi. May oyida zich taqvim, iloji boricha ko'proq ochko jamg'arishimiz zarur. SHu o'rinda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman" - deydi olmaliqliklar bosh murabbiyi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика