So’nggi yangiliklar

18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 18:16Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор". Таркиблар маълум  0 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  4 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  5 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  7 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0

Mirjalol Qosimov: "Quyi o'rinlarda borayotgan jamoalar o'z o'rnini saqlab qolish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Quyi o'rinlarda borayotgan jamoalar o'z o'rnini saqlab qolish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi"

Coca-Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


Qo’qon-1912

Superliga. 18-tur

09/09/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

OKMK

45'
90'
17'  Javohir Sidiqov
21'  Anzur Ismoilov
45'  Dilshod Ahmadaliev
64'  Shohruh Gadoyev


O'yin haqida

- Qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv bo'ldi. Albatta, haqli durang natija qayd etildi. Birinchi bo'limda "Qo'qon-1912" jamoasi qarshi hujumlarda juda yaxshi harakat qildi. SHohnazar Norbekov hujumda himoya chizig'imiz vakillariga qiyinchilik tug'dirdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tizginini o'z qo'limizga oldik. Bunaqa o'yinlarda imkoniyat ko'p bo'lmaydi. Vaziyatlardan urish kerak. Vaqt oz qolganidan harakat tezlashadi va shundan xatolar yuzaga keladi. 

- "Qo'qon-1912"da Ivan Yosovich, Anvar Hojimirzaev, Bilolxon Toshmirzaev, Aleksandr Merzlyakovlar maydonga tushmadi. Kuchsizlangan jamoani engish uchun AGMKga nima etishmadi?

- Albatta gol etishmadi. Kuchsiz demayman, quyi o'rinlarda borayotgan jamoalar bilan har doim qiyin bo'ladi. Ular Superligada qolish uchun jon-jahdi bilan kurashadi. Muxlislarga gol kerak, g'alaba kerak, bizga gol etishmadi. 

- Valijon Rahimov nega 2 ta o'yindan buyon maydonga tushmayapti?

- Unda jarohat bor.

- Keyingi turda "Paxtakor" bilan o'ynaysizlar. Kuchli jamoaga qarshi o'yinda yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirilishiga ishonasizmi?

- Har bir o'yinga jiddiy yondashamiz. Taqvim bo'yicha o'ynaymiz, g'alaba uchun harakat qilamiz.

- "Nasaf" bilan kubok o'yinida final uchun harakat qilasizlarmi?

- Albatta, harakat qilamiz (kuladi), axir klubdagi barcha harakatlar sovrin yutish uchun amalga oshirilayapti. Yarim finalgacha oson bo'lmadi. OCHL yo'llanmasi uchun o'yin bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика