Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli futbol guvohiga aylandik"
19 avg 2021 23:20
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli futbol guvohiga aylandik"
O'zbekiston kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan AGMK - "Neftchi" (6:1 ) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Qiziqarli futbol guvohiga aylandik. Jamoam berilgan ko'rsatmalarni alo darajada bajarib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvga reja qilgan taktikamiz ish berdi. Ajoyib g'alaba va keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, bugungi o'yin ishqibozlarga manzur keldi. Endilikda bor etiborimizni «Paxtakor»ga qarshi bo'lajak o'yinga qaratamiz", -deydi Mirjalol Qosimov.
Fikrlar