So’nggi yangiliklar

21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  14 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  2 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  3 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  2 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  1 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  2 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  1 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  4 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0

Mirjalol Qosimov: "Ochiq futbol ko'rdik, durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ochiq futbol ko'rdik, durang adolatli natija bo'ldi"

Coca-Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - AGMK (1:1) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikki xil bo'lim o'tkazdik. Birinchi bo'limda har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakatlandi. Ko'rinib turgandi, ikkinchi bo'limda jamoalar g'alaba uchun maydonga chiqishdi. Ochiq futbol ko'rdik, durang adolatli natija bo'ldi. Ikkinchi o'yinda durang o'ynayapmiz. Buyog'iga yana ishlaymiz, keyingi o'yinda "Nasaf" bilan yanada qiziqarli bahs kutib turibdi.

- Darvoza tomon zarbalar asosan uzoq masofadan yo'llandi. Jamoa ikkinchi aniq zarbasida gol urdi. Boshqa aniq zarba bo'lmadi. AGMKning hozirgi xolati shundaymi?

- Yo'q, hozir aytib o'tdim, 5 ta himoyachiga qarshi yorib kirishga qiyin. Himoya juda zich joylashgan. SHu sabab shunaqa vaziyatda qiynaldik. Qolaversa Evropa chempionati ham shuni ko'rsatdi, shundan so'ng ko'p jamoalarimiz 5 ta himoyachi uslubiga o'tib olishdi. Futbol shunisi bilan ham chiziq. Muammolarni bartaraf etish ustida ishlaymiz.

- Himoya chizig'i xatoliklarga yo'l qo'ydi. Aytib o'tganingizdek, 5 ta himoyachi uslubiga o'tishni istamaysizmi?

- Bu uslubda ham o'ynaganmiz. Lekin bu sxema qarshi hujum uslubi hisoblanadi. Har doim ham naf keltirmaydi. Biz hujumga ko'proq futbolchi joylashtirishni istaymiz. Mehmonda kuchli jamoalarga qarshi shunday uslubda o'ynasa bo'ladi. Rejada bu sxema ham bor.

- "Bunyodkor"da raqobat keltira oladigan jamoa tuzgansiz. AGMK bilan ham kuchli jamoa shakllantirdingiz. "Paxtakor" bilan masofa qisqarmayotganiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Harakat qilayapmiz, "Bunyodkor"da ishlaganimda rahbariyatga aytgandim. Olmaliqdagi maydon dastlab qurilganida 30 foiz suniy, 70 foiz tabiiy maydon edi. Yillar o'tib nasibamizni qo'shgan ekan, ishlayapmiz. Maqsad har doim olg'a intilish. Farqi "Bunyodkor" akademiyasida futbolchilarni etkazib berish boshqacha. SHu ishni Olmaliqda ham amalga oshirishimiz kerak, chunki mahalliy xalq futbolni juda yaxshi ko'radi. Ana o'sha erdan futbolchilar etishib chiqsa, "Paxtakor" bilan ochkolar farqi ham albatta qisqaradi.

- O'yin davomida ko'p qo'pollik ishlatildi.Bu o'yinning borishiga qanday tasir ko'rsatdi deb o'ylaysiz? Hakam ham qo'pollik uchun ko'p hushtak chaldi...

- Hakam ko'p vaziyatlarda o'ynashga berdi. Ikkita jamoa ham g'alaba uchun chiqqan, shu sabab kurashlarga boy bo'ldi. SHu sabab o'yinda qo'polliklar yuzaga keldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика