So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Mirjalol Qosimov: "Nihoyat, tugadi!" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Nihoyat, tugadi!"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan AGMK - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.





"Nihoyat, tugadi! Bu yilgi chempionatimiz juda qiziqarli o'tdi. Menimcha o'zim futbolchi bo'lganimda ham bunchalik masuliyatli o'yin bo'lmagan. "So'g'diyona"ni va Ulug'bek Baqoevni ikkinchi o'rin bilan tabriklayman. Bugun kimga omad kulib boqqan bo'lsa o'sha yutdi.

Biz uchinchi o'rinni egalladik, bu ham yomon natija emas. Sababi yil boshida tarkibimizni 8 nafar futbolchi tark etgandi. SHunga qaramay juda yaxshi, jangovar jamoa tuza oldik. Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ham ishtirok etdik. Bazi futbolchilarimiz uchun bunday nufuzli musobaqadagi ilk ishtirok edi.

Rahbariyatga, yigitlarga birgalikda juda ham qiziqarli mavsumni o'tkazganimiz va shunday kollektiv tuza olganimiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Hayot davom etadi. SHogirdlarimdan xursandman, ular bilan g'ururlanaman!", - dedi Qosimov.

- Jamoaga kelganingizga 3 yil bo'ldi. Lekin bu mavsumda ham asosiy muammo himoyada bo'ldi. O'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan jamoa uchun balki markazga sifatli himoyachi kerakdir. Aynan himoyachilarning xatolari tufayli ko'plab ochkolar yo'qotildi.

- Bu nafaqat bizda, terma jamoamiz va butun o'zbek futbolining muammosi. Oldingidek Farhod Magametov, Andrey Fyodorov kabi himoyachilar hozir yo'q. Ha, legioner kerak, lekin biz u qadar katta xarajat qila olmaymiz. Legioner olsak ham hujumni kuchaytirish va himoyada o'z futbolchilarimizdan foydalanishga qaror qilgandik. Hozir dabdursutdan qaror chiqarib bo'lmaydi. Buni biroz futboldan chetroq bo'lib o'ylab ko'rish kerak.

- Bugungi hakamlikdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Bir narsa borda, biz ham osmondan tushib qolmaganmiz. Insof o'ziga bersin, menga ham, barchamizga insof bersin. Bunday muxlislar O'zbekistonda yo'q, muxlislarni aldab bo'lmaydi. Biz OKMK zavodida og'ir mehnat qiladigan insonlar ishdan keyin kelib xordiq chiqarishlari uchun o'ynaymiz. Hakamlarga baho beradigan insonlar bor, men o'z ishim bilan shug'ullanishim kerak.

- Kubok doirasida "Nasaf" bilan bahsdan keyingi matbuot anjumanida siz emas Xayrulla Karimov ishtirok etgandi. Bugun esa o'zingiz keldingiz. Bu nima bilan bog'liq?

- O'zim bilan bog'liq. CHiqqim kelmadi, shogirdimni yubordim. Negaki haligacha o'zimga kelmadim. Hamma narsani chegarasi bor.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика