Mirjalol Qosimov: "Nihoyat chempionatni tugatdik"
30 noy 2018 18:23
Yangiliklar


Mirjalol Qosimov: "Nihoyat chempionatni tugatdik"
"Paxtakor" - "Bunyodkor" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Nihoyat chempionatni tugatdik. Qiziqarli chempionat bo'ldi. O'ylaymanki "Bunyodkor" yomon o'yin ko'rsatgani yo'q, o'z muxlislari mehrini qozondi. "Paxtakor"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Biz biroz vaqtliroq "tatilga chiqib qo'ydik". Natijaga qaramay aytishim mumkin: yigitlar bilan faxrlanaman. Ko'p gap eshakka yuk deydiku.
Tatilga chiqdik, yaxshi dam olsak bo'lgani. Jurnalistlarga ham rahmat aytaman, futbolchilar, murabbiylar va muxlislar o'rtasida turib yangiliklarni etkazib bordinglar.
Keyingi yil OCHLda o'ynaydigan barcha klublarimizga omad tilayman. Yanvar oyidagi Osiyo Kubogida milliy terma jamoamizga va mart oyida olimpiya terma jamoamizga omad tilayman. Yaxshi dam mehnatga hamdam", - deydi Mirjalol Qosimov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar