So’nggi yangiliklar

17:54"Пахтакор" "Риу Аве", "Ризеспор" ва "Кайсериспор" билан деярли бир қаторда — IFFHS  1 17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  19 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  7 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  1 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  1 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  2 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  18 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  7 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1 12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  28 12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  3

Mirjalol Qosimov: "Navbahor"ning qaysi o'yinchisini jamoamga qo'shib olgan bo'lardim? Hech birini" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Navbahor"ning qaysi o'yinchisini jamoamga qo'shib olgan bo'lardim? Hech birini"

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O'zbekiston Superligasi 2-tur doirasidagi "Navbahor" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Avvalambor, barchangizni kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. SHunday kunlarga ko'p marta etkazsin va sog'-salomat bo'linglar.

O'yinga kelsak, doimgidek jangovar va qiziqarli bahs bo'ldi. Balki hayajondandir, ammo dastlabki o'n daqiqada o'zimizga kelishimiz uchun vaqt talab qilindi, ammo o'yinning qolgan qismi kurashlarga juda ham boy o'tdi. Haqli tarzda durang bo'ldi.

"Navbahor" yaxshi tarkibga ega kuchli jamoa. Ularning muxlislari O'zbekistonda birinchi o'rinda turishadi. SHunga qaramay, ushbu natija sabab yigitlardan qoniqish hosil qildim. Sababi joriy yilda yoshlarga etiborimizni qaratganmiz va bunga vaqt kerak", — deya so'z boshladi Qosimov.



— O'tgan yilgi "Navbahor" bilan bu yilgisining farqi nimada?

— Umuman olganda, biror bir jamoaga tashqaridan baho bermayman. O'tgan yili ham oson o'yin bo'lmagan, bu yil ham shunday. Ammo, men o'z jamoam haqida gapirishim mumkin, ularda yaxshi va malakali o'yinchilar yig'ilganini ayta olaman. Jamoani ichidan bilmasdan fikr bildirish noto'g'ri.

— Jamoaga bu mavsumda qanday maqsadlar qo'yilgan?

— Bizda doimgidek nima bo'lishidan qatiy nazar yuqori maqsad qo'yilgan. Kurashish sport principi va maydonda muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishimiz kerak.

— Bugungi o'yindan so'ng "Navbahor"ga qarshi mag'lubiyatsiz seriya to'rtta o'yinga etdi. Namangan jamoasi siz uchun qulay raqibmi?

— Bunday demagan bo'lardim. Kimga qarshi o'ynashimizning farqi yo'q. Eng yomon ko'rgan narsam bashorat berish. Ammo, har bir o'yin oldidan g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Faqatgina "Navbahor"ga qarshi emas.



— Imkon bo'lganda "Navbahor"ning qaysi o'yinchisini jamoangizga qo'shib olgan bo'lardingiz?

— Hozir hech birini. O'zimda yaxshi jamoa bor.

— OKMK bugungi o'yinda ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishladimi?

— Bu ham bashoratga aloqador narsa, oldin aytganimdek, men buni yoqtirmayman.

— Sardor Rahmonovni hisobga olmaganda ham jamoangiz bugungi o'yinda himoyada tartibli harakat qildi va bu oldingi yillarga nisbatan ancha yaxshilangandek. "Navbahor" tarkibida bugungi o'yin uchun qaysi bir o'yinchini ajratib ko'rsata olasiz.

— Sardor Rahmonovga kelsak, o'yinchi ko'p o'yin o'tkazib yoshi ulg'aygandan so'ng ancha o'sishga erishadi. Bu nafaqat futbolga, balki boshqa sohalarga ham tegishli.

Savolning "Navbahor" haqidagi qismiga kelsak, ularning hamma o'yinchisi yoqadi. Biror bir o'yinchini ajratib ko'rsatish noo'rin, sababi jamoadagi barcha o'yinchi natijaga o'z hissasini qo'shadi. Agar bu bokschi yoki kurashchi bo'lganida, javobim boshqacha bo'lardi.



— Mirjamol Qosimovni boshqa jamoa tarkibida ham ko'rishni xohlarmidingiz?

— Ha, albatta. Nasib qilgani bo'ladi.

— "Navbahor" tarkibida standart vaziyatlarni ajoyib tarzda ijro etadigan Jamshid Iskanderov bor, ammo OKMK bu borada juda yaxshi o'ynadi. Buni alohida shogirdlaringizga uqtirganmidingiz?

— Nafaqat "Navbahor", balki boshqa har bir jamoaga qarshi jarima maydonchasi ichida qoida buzmaslik aytiladi. SHogirdlarimga imkon boricha toza futbol o'ynashga harakat qilishni uqtiraman.





Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика