Mirjalol Qosimov: "Metallurg" ikkinchi bo'limda yaxshi qarshilik ko'rsatdi"
20 iyu 2021 12:40
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Metallurg" ikkinchi bo'limda yaxshi qarshilik ko'rsatdi"
"Derbi doim qizg'in, keskin kurashlarga boy va tomoshabop o'tadi. Bugungi o'yin ham bundan mustasno bo'lmadi. Garchi tarkibdagi yo'qotishlarga qaramasdan uchrashuvni yomon o'tkazmadik. Birinchi bo'lim jamoamiz ustunligida o'tdi va qator vaziyatlar yaratdik. Kasyan ikki bor yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, ustunligimizni hisobda aks ettirdi. Ikkinchi taymda esa hisobdan kelib chiqib, kuchni to'g'ri taqsimlagan holda harakatlandik.
Raqib ham ikkinchi bo'limda yaxshi qarshilik ko'rsatdi. O'ylashimcha, haqli tarzda muhim g'alabaga erishdik. Bugungi o'yinda jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga katta rahmat! Ularni xursand etganimizdan baxtiyormiz.
Endi ikki kundan so'ng bizni qoldirilgan o'yin doirasida «Qizilqum»ga qarshi bahs kutmoqda. Jamoani tezroq mazkur o'yinga tayyorlash ustida ishlaymiz", - dedi Mirjalol Qosimov.
Fikrlar