So’nggi yangiliklar

10:15"Олимпик-MobiUz" февраль ойида Марказий Осиё жамоаларига қарши назорат учрашуви ўтказади  0 09:52"Атлетико" Симеонега ўринбосар қидиришга киришди. Мураббий мавсум якунида жамоани тарк этиши мумкин  3 09:25Илҳом Мўминжонов: "Бубаня билан келишувга эришилди. Олдимизда Суперлигага чиқиш вазифаси турибди"  1 09:00Эшитдик-да! "Бухоро" собиқ футболчилари "Истиқлол"га ўтмоқда  1 08:35Санжар Шоаҳмедов "Металлург"да  1 08:05Маҳмуд Маҳамаджонов: "Андижон"га совринлар ютиш учун келдим"  6 07:40"Арал" россиялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  1 00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  6 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  11 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  4 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  8 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  5 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  16 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  27

Mirjalol Qosimov: “Maydonga chiqib yugurish kerak” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Maydonga chiqib yugurish kerak”

Oliy liganing 16-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Bunyodkor” ni qabul qildi. O'yinda hisob ochilmadi.

O'yindan so'ng “Qaldirg'ochlar” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugun jangovor durang bo'ldi. Muhlislarga yoqadigan futbol bo'ldi. Qolaversa, “So'g'diyona” qarshi hujumda juda yaxshi harakat qildi. O'z futbolchilarimdan qoniqqanim yo'q. Hozirgi futbolda jismoniy tayyorgarlik birinchi o'rinda turadi. Maydonda chiqib yugurish kerak. Futbolchilar kam harakat qilib raqib jamoani mag'lubiyatga uchratmoqchi bo'ldi. SHuning uchun ham o'yinimiz chiqmadi. Har bir o'yinda oxirgi o'yindek harakat qilish kerak. Futbolchilarning hayollarida ketma-ket “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Qo'qon-1912” mag'lubiyatga uchratib, “So'g'diyona”ni bemalol mag'lubiyatga uchratamiz deb o'ylashdi. Bu katta xato. Kerakli ochkolarni yo'qotdik. Keyingi o'yinlarda ishlaymiz, o'ylaymiz.

Oxirgi 2 o'yinda darvozaga to'p kiritolmadik. Bu ustida ishlashimiz kerak. “So'g'diyona” o'z muxlislari oldida chiroyli o'yin namoyish etishmoqchi bo'ldilar. Jamoaga ham yangi murabbiy kelgan. Har bir futbolchi yangi murabbiyga o'zini yaxshi taraflarini qo'rsatkisi keladi. Murabbiy ham shu o'yinlar orqali keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'radi. Muxlislarga o'z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Qolaversa, “Bunyodkor” muhlislariga minnatdorchiligimni izxor qilmoqchiman. Toshketdan kelib bizga dalda bo'lishdilar.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика