Mirjalol Qosimov: "Maydonda bir-biriga munosib jamoa to'qnash keldi"
20 sen 2021 21:40
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Maydonda bir-biriga munosib jamoa to'qnash keldi"
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - AGMK (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin qiziqarli, jangovor o'tdi. Ikki jamoa ham yuqori tempda harakat qildi. Bir- biriga munosib jamoalar to'qnash keldi. "Qizilqum" sharafini kuchli va mahoratli futbolchilar himoya qilmoqda. Har bir klub o'z oldiga g'alaba qozonishni maqsad qilgandi. O'yinning so'nggida ochiq futbol guvohi bo'ldik. SHunday uchrashuvlar ko'paysa muxlislar ham xursand bo'ladi", - deydi Mirjalol Qosimov.
- AGMK ikkinchi davrada safarda 5 ta g'alabasiz seriya qayd etdi. Bunga sabab nimada, deb o'ylaysiz?
- Sabab - raqib. Haqiqatdan ham ancha ochkolarni boy berdik. SHu jihat biroz ranjitdi. Bugun biz ham, "Qizilqum" ham yutib ketishi mumkin edi. Futbolda har doim siz istagan narsa bo'lavermaydi.
Fikrlar