So’nggi yangiliklar

07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  0 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  6 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1

Mirjalol Qosimov: "Ko'p gol o'tkazib yubormoqdamiz. O'ylaymanki, ertaga bunga chek qo'yamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ko'p gol o'tkazib yubormoqdamiz. O'ylaymanki, ertaga bunga chek qo'yamiz"

OCHL guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan OKMK - "Eyr-Fors" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov va himoyachi Islom To'xtaxo'jaev fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Fursatdan foydalanib bugungi ustozlarni bayrami bilan tabriklab qolaman. Qolaversa, Timur Kapadze jamoasi Saudiya Arabistonini yutib yarim finalga chiqdi. Ularni ham g'alaba bilan tabriklayman. Ertangi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Guruhimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Imkoniyatimiz bor. Guruhda vaziyatni to'g'irlash mumkin. SHunday ekan shogirdlarimga ishonaman. Bugungi ko'tarinki kayfiyatni ertaga davom ettirishadi, deb o'ylayman. Maqsadimiz "Eyr-Fors" ustidan g'alaba qozonish"

- Jamoa bu mavsumda gol o'tkazish bo'yicha so'nggi 4 yildagi eng yomon natijasini qayd etmoqda. Oxirgi 3ta o'yinda darvozadan 9ta to'p olib chiqildi. Mazkur muammoni ertaga qanday hal qilmoqchisiz?

- Albatta bu etibor qilishimiz kerak bo'lgan kerakli nuqta. Iloji boricha xatoni kamaytirish kerak. Oddiy vaziyatlarda to'p yo'qotish ham ko'p muammoga olib keladi. Bir-birini himoya qilib, yordam berib harakat qilish lozim. Haqiqatdan ham juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Bu bizga yarashmaydi. Nafaqat OCHLda balki o'zimizni chempionatda ham standart vaziyatlarda diqqatni yo'qotmoqdamiz. "Metallurg" bilan ilk daqiqalardan standartdan to'p olib chiqdik. "Paxtakor" bilan o'yindagi ikkinchi golni ham aytish mumkin. O'ylaymanki, ertaga bunga chek qo'yiladi. 

- "Eyr-Fors" "Al Ittihod" fonida jarangdor ko'rinmasa ham jiddiy raqib deyish mumkin. CHunki jamoa so'nggi bor 24 iyun kuni mag'lubiyatga uchragan va mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlagan. Bu borada raqib qanchalik o'rganildi?

- Ertaga maydondda nom o'ynamaydi. Inson harakat qiladi. Raqib yomon jamoa emas. "Eyr-Fors"ning "Sepaxon" bilan kechgan uchrashuvni ko'rib chiqdik.  Raqib o'yin davomida 5ta himoyachi bilan ham o'ynay oladi. O'yin davomida o'zgartira oladi. Qolaversa, tarkibida legionerlari bor. Menga 10-raqamdagi  (Ali Jasim)o'yinchisi yoqdi. Yosh bo'lishiga qaramay jamoani etaklay olyapti. 8-raqamdagi (Ibrahim Bayesh) futbolchisi hujumga tezkorlik bilan o'tadi. Raqibni noqulay vaziyatga tushiradi. O'yinchilar orasida bo'shliq yo'q. O'yinning boshidan oxirigacha bo'shliq berish kerak emas. Umuman guruh bosqichiga kuchsiz jamoa chiqmagan. 

- So'nggi o'yinlardagi ochko yo'qotishlardan keyin futbolchilar ruhiy tomonlama o'yinga tayyormi?

- To'g'ri natija qoladi, o'yin esdan chiqadi. 3ta o'yinni olganda deylik "Al Ittihod" bilan ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsatdik. "Metallurg" bilan ham statistikani ko'rsangiz darvozamizga berilgan zarbalarninn barchasi gol bilan tugagan. Biz 20ga yaqin zarba yo'lladik. Lekin gol ura olmadik. Ammo o'yin tomonlama yomon harakat qilayotganimiz yo'q. "Paxtakor" bilan 2:2 bo'lib turgan vaqtda ham vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Natija ham keladi. Har doim ikkisi bir vaqtda kelmas ekan. Futbolchilar ruhan tayyor. Maqsadimiz Olmaliqqa OCHLni olib kelish edi. CHunki 2 yil oldin pandemiya sabab nasib qilmagandi. Stadionga nechta odam kelsa ham o'z o'yinimizni ko'rsatib g'alaba tortiq qilishimiz shart. Raqibni ham mensimaslik kerakmas. 

Islom To'xtaxo'jaev: - Ertaga o'z maydonimizdagi ilk uchrashuv. SHunday ekan faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. OKMK ishtirokidagi barcha o'yinlar tomoshabop bo'lyapti. Xudo xohlasa, ustozlarimizga g'alaba sovg'a qilmoqchimiz. "Eyr-Fors" juda ham tajribali jamoa. Tarkibida tajribali ijrochilar bor. SHu bois murosasiz o'yin kechishini taxmin qilaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика