So’nggi yangiliklar

15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлган. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  1 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  0 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  25 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13

Mirjalol Qosimov: "Klub yopiladi yoki olti ochko olinadi degan gap so'zlarga etibor qilmayapmiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Klub yopiladi yoki olti ochko olinadi degan gap so'zlarga etibor qilmayapmiz"

"Bunyodkor" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikki xil bo'lim guvohiga aylandik. Birinchi taymda yaxshi o'ynadik. Ammo yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Zaxira o'rindig'imizda akademiyamiz tarbiyalanuvchilari o'tirishdi. Bu o'yinda oldin besh futbolchi ishtirok eta olmadi. Ikki o'yinchi diskvalifikaciya, uch futbolchi jarohat sababli bugun o'ynay olishmadi. Bunday o'yinda bunchalik ko'p yo'qotishlar o'z so'zini aytadi. Bekobodda ham birinchi bo'limga qaraganda ikkinchi bo'limda sust o'ynadik, shu bois oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yutqazib qo'ydik. SHunaqa o'yinlar orqali yigitlar tajriba to'plashadi", - deydi Qosimov.



- Mavsum boshidan buyon moliyaviy qiyinchiliklar, o'yinchilarni ruhlantirish davom etmoqda. Mavsum tugamoqda, baribir odam charchaydi. Nafaqat pul muammosi, kelasi yil "Bunyodkor" bor-yo'qligi ham so'roq ostida. Bu ham futbolchilarga ruhan tasir qiladi...

- Avvalambor biz muxlislar uchun o'ynaymiz. To'g'ri mukofot pullari yo'q, lekin bu bahona bo'lmasligi kerak. O'z oldiga katta maqsad qo'ygan, kelajakda kuchli futbolchi bo'laman degan o'yinchilar bu narsani o'ylashi kerak emas. Yigitlar bilan kelishib olganmiz. Tashqaridan bu hech kimga qiziq emas. Albatta o'z darajamizdan pastga tushishimiz kerak emas. Biz insonmiz, charchaymiz. Maqsadimiz Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish, bu narsaga erishish qiyin bo'ladi, lekin oxirigacha kurashamiz. Keyingi yil klub bo'lmaydi yoki olti ochko olinadi degan gaplarni vaqt ko'rsatadi. Hozir eng kerakligi mavsumni oxirigacha etkazib qo'yish.



Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика