Mirjalol Qosimov: "Kim gol ursa, o'sha jamoa yutib ketardi"
10 sen 2021 21:14
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Kim gol ursa, o'sha jamoa yutib ketardi"
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Navbahor" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun chiroyli, jangovar o'yin bo'ldi. Ikkala taymda ham ochiq o'yin guvohiga aylandik. Kim gol ursa, o'sha jamoa yutib ketardi. Yigitlarimiz so'nggi daqiqagacha harakat qilishdi, ammo yakunda jangovar durang qayd etildi.
G'alaba qozonganimizda yanada yaxshi bo'lardi. Ikkala jamoa bir ochkodan oldi, boriga shukur. Qaytaraman, kimning omadi kelib gol urganida, o'sha tomon 3 ochko olardi.
Biz har bir o'yinda maydonga tushib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz va muxlislarga chiroyli o'yin ko'rsatish uchun o'ynaymiz. CHempionat oxirida kim qaysi o'rinda bo'lishi malum bo'ladi", — deydi Mirjalol Qosimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar