Mirjalol Qosimov jarohat oldi FOTO

Narzulla Saydullayev
17 avg 2018, 21:31
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jarohat oldi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "So'g'diyona"ga qarshi bahsda yoshligini esga olib mashg'ulotlarga kirishib ketgan va shogirdlariga jarima zarbalari tepish sir-asrorlarini o'rgatayotgan vaqtda jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov chap oyog'idan jarohat oldi.

Ayni shu jarohat sabab Mirjalol Qosimov bugun "Sug'diyona"ga qarshi bahsni zaxira o'rindig'ida hassalar yordamida kuzatib, shogirdlariga ko'rsatma bermoqda.

Mirjalol Qo'shoqovichga sog'lik tilab qolamiz va jarohatidan tezroq qutulishini Yaratgandan so'rab qolamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com