So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Mirjalol Qosimov: "Imkonim bo'lganda birinchi bo'limning o'zida 7-8 nafar futbolchini almashtirgan bo'lardim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Imkonim bo'lganda birinchi bo'limning o'zida 7-8 nafar futbolchini almashtirgan bo'lardim"

Teglar :  QizilqumOKMK
Superliganing 13-turidan "Qizilqum" - OKMK (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Mag'lubiyat uchun o'zimiz aybdormiz. "Qizilqum" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Imkonim bo'lganda birinchi bo'limning o'zida 7-8 nafar futbolchini almashtirgan bo'lardim. Bunaqa kayfiyat bilan futbol o'ynab bo'lmaydi. SHuncha takidlaganim bilan singdira olmadim. Hayot davom etadi, bu ham biz uchun bitta malaka.

- Birinchi davra o'z yakuniga etdi. Hujum va himoya ko'rsatgan o'yin tahliliga qanday yondashgan bo'lardingiz?

- Ko'p gol urganimiz yaxshi. Ko'p gol o'tkazib yuborganimiz yomon. OKMK muxlislar uchun hujumkor o'yin tashkil etishga urinmoqda. Raqib jamoalar unumli foydalanib darvozamizga to'p kiritishmoqda. Qarshi hujumda albatta.

- OKMK tarkibi hozirgi kunga kelib yoshartirildi. Ikkinchi davra oldidan transfer siyosatida qanday rejalaringiz bor?

- Albatta, kim tayyor bo'lsa, o'sha o'ynaydi. Yoshga qarab o'ynatmaymiz. 30 yoshdan oshgan va barqaror o'ynaydigan futbolchilar ham bor. Muhimi, har kim jamoa manfaati uchun o'ynashi kerak. Tarkibni kuchaytirish rejamiz bor. Yuqori o'rinlarni maqsad qilganmiz.

- Mavsum avvalida OKMKni medallar uchun kurashishini hech kim taxmin qilmagandi. Jamoa hozir jadvalda birinchi o'rinni egallab turibdi...

- O'tgan mavsumda ham ikkinchi o'rinni olishimiz mumkin edi. Buning uchun bizga oxirgi o'yinda muvaffaqiyatli natija zarur edi. "Nasaf" bilan o'yinda durang bo'lib qoldi. O'z imkoniyatimizdan kelib chiqib harakat qilayapmiz. Medallar uchun kurashadigan jamoa futbolni esdan chiqarib qo'yishi mumkin emas. SHunaqa jihatlar tasir qiladi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика