Mirjalol Qosimov: "Ikki jamoa ham yarim final yo'llanmasi uchun jiddiy kurashdi"
28 okt 2021 20:52
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Ikki jamoa ham yarim final yo'llanmasi uchun jiddiy kurashdi"
O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan AGMK – "Qizilqum" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Juda shiddatli o'yin bo'ldi. “Qizilqum" yaxshi shakllangan jamoa va tarkibida malakali futbolchilar harakat qiladi. Albatta, ular bu yil juda yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. Bugun ikki jamoa ham yarim final yo'llanmasi uchun jiddiy kurashdi. Havo sovuqligiga qaramasdan, muxlislarga yoqadigan tomoshabop o'yin bo'ldi. Maydonda hakamning yakuniy hushtagi chalingunga qadar kurash kechdi. Qolaversa, chiroyli gollar urildi.
Bugungi ajoyib g'alaba uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Xatolar bor, lekin ishlamagan odam xato qilmaydi. Endi chempionat o'yinlariga tayyorgarlikni boshlashimiz zarur", – dedi Mirjalol Qosimov.
Fikrlar