So’nggi yangiliklar

18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  14 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  17 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  5 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3

Mirjalol Qosimov: "Hozir hamma futbolning mutaxassisi bo'lib ketyapti" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hozir hamma futbolning mutaxassisi bo'lib ketyapti"

Coca Cola Superligasi 13-turida "Nasaf" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin OKMK murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.


- Ikkita bir-biriga juda munosib, to'p bilan yaxshi muomala qiladigan jamoa o'zaro bahs olib bordi. Bahsning dastlabki 15 daqiqasida raqibga to'liqligicha mag'lub bo'ldik. Yigitlarga o'yindan oldin standartlarda Aliqulov, Eshmurodovlar xavfli ekanligini takidlagandik. Birinchi bo'limning 3-daqiqasida gol o'tkazib yuborgan bo'lsak, ikkinchi bo'limning ham uchinchi daqiqasida gol qo'yib yubordik. Bu esa o'yin taqdirini hal qildi. Lekin haqiqatdan ham muxlislarbop o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham kurashdi. "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinda juda ko'p marta keraksiz joylarda to'pni yo'qotdik. Ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborgan golimiz ham bunga misol. 

- Siyavash Haqnazariyni nega zaxirada qoldirdingiz?

- Bugungi o'yinga sxemamiz boshqacharoq edi. SHu sababli unga ikkinchi bo'limga tayyor turishi kerakligini aytgandik. Reglament bo'yicha faqatgina 11 futbolchi maydonga tusha oladi.

- OKMK 33-daqiqadan keyingina o'yinni o'z tomoniga og'dirishni boshladi. Bu Sizning ko'rsatmangizmi?

- "Nasaf" ham yaxshi jamoa. Birinchi bo'limda bizga koncentraciya etishmadi. Biz esa ko'p to'p yo'qotdik. O'zi "Nasaf" juda kuchli jamoa, bu esa ularga yanada ko'p vaziyatlar yaratishda yordam berdi. Bu futbol.

- Bugun Ruben Sanches qaydnomada ko'rinmadi. U jamoadan ketdimi?

- Yo'q, ketgani yo'q. Tarkibda jarohatlar sababli muammolar bor. Masalan, Martin maydonga tushmadi. SHu sababli Ruben qaydnomaga kiritilgani yo'q.

- Demak, Martinda ham jarohat bor.

- SHunday. Oldinda o'yinlar ko'p. U o'zini ko'rsatishi uchun bemalol vaqt bo'ladi. U so'nggi o'yinda qo'lidan jarohat olgandi. 

- Siyavash Haqnazariyga so'nggi o'yinlarda ko'p ham ishonch bildirmayapsiz.

- Bu Sizga shunday ko'rinayotgandir. Hozir hamma futbolning mutaxassisi bo'lib ketyapti. Ammo hayotida hali biror futbolchini almashtirmagan. Menda 20ta futbolchi bor, hech kimni alohida ajratmayman. Barcha futbolchi jamoaga yordam berishi kerak.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика