So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  0 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  10 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  3 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

Mirjalol Qosimov: "Har bir zarba golga aylanganida, muxlislar stadionga kelmay qo'yardi. O'z vaqtida men ham uch yoki besh daqiqagina o'ynaganman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Har bir zarba golga aylanganida, muxlislar stadionga kelmay qo'yardi. O'z vaqtida men ham uch yoki besh daqiqagina o'ynaganman"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan OKMK - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda yigitlar harakatidan hayron qoldim. Ikkinchi bo'limda esa ochiq futbol guvohi bo'ldik. Jamoam g'alabani qo'lga kiritishga intildi, ammo yakuniy natija durang bo'ldi. Birinchi bo'limda juda ham sust o'yin namoyish etdik. Tanaffusdan keyin esa jonlandik" - deya fikr bildirdi Mirjalol Qosimov bugungi uchrashuv haqida.


- Ikkinchi bo'lim davomida ikki-uch marotaba juda qattiq asabiylashdingiz. Futbolchilaringizning aynan qaysi harakatlari sizni asabiylashishingizga sabab bo'ldi?

- Futbolchi maydonga tushdimi, demak o'yinga tezroq kirishib ketishi va ko'proq harakat qilishi kerak. Maydonda o'zini etarlicha ko'rsata olmagan futbolchi ertaga asosiy tarkibdan joy olishga umidvor bo'lishi mumkinmi? Men maydonga tushib, uning o'rniga o'ynab bermaymanku. Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytirishi kerak. O'yinga qo'shilgan futbolchi sust o'ynasa, nafaqat men, balki muxlislarning ham etiroziga sabab bo'ladi. Shu sababli biroz hissiyotlarga berildim. O'z vaqtida men ham bor-yo'g'i uch yoki besh daqiqagina o'ynaganman. Futbolchi taqdim etilgan imkoniyatdan unumli foydalanishi va o'yinni kuchaytirishi kerak. Shu sababli o'zimdan asabiylashdim. Bekor o'zgartirishga qo'l uribman deb (kuladi).



- Ajak Riak asosan darvozaga teskari bo'lib o'ynamoqda va asosan qanotdagi futbolchilarga uzatmalar berish bilan band. Bunday holatda haqiqiy hujumchi, yani "to'qqizlik" etishmayotgandek. Jarohatlangan Ruben Sanches va Kleydi Datsilarning o'rni qanchalik sezilmoqda? Avvalgi uchrashuvlarda OKMK g'alaba qozongani tufayli ushbu muammolar sezilmagandek edi go'yo. Bugun esa ushbu kamchilik yaqqol ko'zga tashlandi...

- Har bir futbolchi o'ziga yarasha muhim. Ha, ular etishmayapti, lekin chempionat hali uzoq davom etadi va oldinda o'yinlar juda ko'p. Ular jismoniy holatlarini yaxshilab olishlari kerak. Ajakni ham shu sababli xarid qilgan edik. Biz "boshsiz chavandoz" bo'lib qolgandik. Hujumchi to'pni nazorat qilib darvoza tomon harakatlanmasa va zarba bermasa, jamoa g'alaba qozona olmaydi. Kiyinish xonasida ham unga etiroz bildirdim. To'pni qabul qilish va saqlab qolishing kerakligini aytdim. Hali rotaciyaga qo'l uramiz va o'yinlarni tahlil qilib chiqamiz.

- Superliganing dastlabki to'rt turi o'tkazildi. Endi dastlabki xulosalar haqida gaplashsak bo'ladi. Muxlislarga sizdek mutaxassisning fikri qiziq. Dastlabki turlardan keyingi xulosalaringiz bilan bo'lishsangiz..

- Hozirgina kiyinish xonasida ham gaplashdik. Dastlab Ahmadaliev yaxshi imkoniyatga, keyin Abdurahmonov ham o'z imkoniyatiga ega bo'ldi. Yigitlar "shu vaziyatlarni golga aylantirganimizda o'yin umuman boshqacha bo'lar edi" deyishdi. Agar o'yindagi har bir zarba gol bilan yakunlanganida muxlislar stadionga kelmay qo'yardi. Futbol shunisi bilan qiziq. Qaysidir vaziyatda omad keladi, ayrim bir holatda esa yo'q. "Jo'jani kuzda sanaymiz" degan yaxshi maqol bor. Oldindan bir nima deyishga hali erta.

- "Dinamo" jamoasining himoya chizig'ida muammolar kuzatilmoqda. Shu sababli tajribali futbolchi Marko Stanoevich himoyaga o'tkazildi. Stanoevichning markaziy himoyadagi o'yini sizni qanchalik hayratga soldi?

- Bu men uchun yangilik emas. Biz ham o'tgan mavsumda xuddi shunday holatga tushgan edik. Adashmasam "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda markaziy himoyada ikkita yarim himoyachi bilan harakatlangandik. Bunday holatlar uchrab turadi. Bugun "Dinamo" qanotlarni yaxshi yopa oldi. Bir tomonda Hojimirzaev va bir tomonda Fraydey yaxshi harakatlanishdi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика