So’nggi yangiliklar

17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  0 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  10 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  11 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0

Mirjalol Qosimov: "Hammasi o'z qo'limizda. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hammasi o'z qo'limizda. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi"

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - AGMK (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'lim sust o'yin namoyish etildi. Jamoalar bir-birini hurmat qilgan holda harakat qilishdi. Intizomli o'yin bo'ldi. O'ylaymanki, ikkinchi bo'limda shiddat, tezkorlik, jangovarlik oshdi. Kurashlarga boy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uch ochko olish uchun maydonga tushgandik. Avvalo o'zimiz aybdormiz. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi. Futbol shunday narsa, maydonga chiqqanda tayyorgarlik ko'rilmaydi. "Bunyodkor" o'tgan turda Qarshida alamli mag'lubiyatga uchragandi. SHu bois o'z muxlislari, rahbarlari oldida jonini berib o'ynashini yigitlarga takidlagandim. Futbol ikki bo'lim o'ynaladi. Ikkinchi taymdagi harakatni ilgariroq boshlashganida, natija boshqacha ko'rinish olardi. Hayot davom etadi. Oldinda o'yinlarimiz bor. Ana shu bahslarda faqat g'alaba uchun to'p tepamiz. Turnir jadvalidagi o'rnimiz o'zimizga bog'liq. Fursatdan foydalanib, o'rinbosarlarimizni kichik tarixiy natija bilan tabriklayman", – deydi Mirjalol Qosimov.

- Hech kim ikkinchi o'rinni olishni istamayotgandek. "So'g'diyona" ham durang natija qayd etdi. AGMK esa etib olishi mumkin edi...

- Turnir jadvalining yuqori va pastki qismida qiziqarli uchrashuvlar kechmoqda. Jadvalga qarab turib ham maydonga chiqib bo'lmaydi. Hozir hammaga ochko kerak.

- AGMK birinchi bo'limda pressingni yaxshi qo'lladi. Raqibga imkoniyat qoldirgani yo'q. Hujum qilishda so'nggi pasni beradigan futbolchi topilmadi. Yakuniy nuqtaga kelganda, ijodkorlik etishmayapti...

- Futbol shunisi bilan qiziq. Portugaliya Islandiya bilan o'ynaganda, Ronaldu gol urib ketgandi yoki kecha "Manchester Yunayted"  "Vilyareal"ga qarshi bahsda qanday o'ynaganini qarang. Aleksandr Kasyanda ham yuz foizli imkoniyat bor edi. Matematikada ikki karra ikki to'rt yoki to'rt karra to'rt o'n olti, degan narsa bor. Futbol shu qadar ommabop o'yinki, hali olimlar ham uning tagiga etolmagan. To'g'ri, doskada chizib berish mumkin, lekin maydonda hammasi boshqacha. SHuning uchun ham futbol qiziq sport turi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика