Mirjalol Qosimov: "Finalni shubhasiz yil o'yini deb atashim mumkin"

Narzulla Saydullayev
25 noya 2017, 17:08
Oliy liganing so'nggi 30-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Lokomotiv" jamoasi chempionlik bilan tabriklayman. O'yin ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega emasdi. Shu boisdan ham futbolchilar ruhiy bosimdan xalos holda o'ynashdi. Uchrashuvda futbolchilar imkon qadar jarohat olmasdan o'ynashlari kerakligi aytilgandi. Oldimizda o'ta muhim bahs turibdi. O'zbekiston kubogi finalida "Lokomotiv" bilan bellashamiz. Bu to'qnashuvni shubhasiz yil o'yini deb atashim mumkin. Bizni juda qiziqarli bahs kutmoqda.

Gadoevni jarohati? Hozircha aniq bir narsa deyish qiyin. Ertaga shifokorlar ko'rigidan so'ng hammasi ma'lum bo'ladi. Men Shohruh Gadoevni ko'zlariga qaradim, o'ylashimcha, u qadar yomon emas. Barchasi tibbiy ko'rikdan keyin aniq bo'ladi.

Taktik sxemani o'zgarishi nima bilan bog'liq? Bu raqibni chalg'itish emas, balki final oldidan rasmiy mashg'ulot bo'ldi, deyish mumkin. Aynan shunday o'yinlar orqali yangi taktik sxemalarni sinab ko'rish kerak. Taktika o'zgargani bois futbolchilar himoyada bazi xatolarga yo'l qo'yishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia