So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  19 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  28 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

Mirjalol Qosimov faktori Yangiliklar

Mirjalol Qosimov faktori

Olmaliqdagi o'yin futbolda ruy berishi mumkin bo'lgan eng lazzatli voqealarga boy bo'ldi.

Tezkor gol, hujumkor o'yin, tezlik, yuqori temp, principial qarama-qarshilik, tortishuv, gollar-shousi va yakunda ajoyib "kambek".

AGMK shu kuni Mirjalol Qosimov aytganidek, avvaliga o'ziga-o'zi muammo yaratdi va keyinchalik uni qahramonlardek hal etdi.

Kechagi uchrashuv scenariysi quyidagicha ko'rinish oldi. O'yinni tajovuzkor ruhda boshlagan "Istiqlol" tezkor hujumga o'tdi va standart vaziyatidan keyin yuzaga kelgan pala-partishlikdan so'ng to'pni darvozaga joyladi. Qayd etish kerakki, mazkur gol urilgan vaziyatda Muhammadjon Raximov o'yindan tashqari holatda to'pni qabul qilib, keyinchalik gol muallifiga aylandi. Avvaliga qanot hakami bu vaziyatni to'g'ri baholab bayroqchasini ko'tardiyu, lekin qandaydir soniyalar ichida negadir qarorini o'zgartirdi.



AGMK jamoasi voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan bo'lishi mumkin, lekin futbolchilar mazkur holatda dovdirab qolishmadi va reja bo'yicha hujumkorlikni yanada oshirishdi. Qosimov jamoasi tezkor golga tezda javob berish maqsadida juda raqib jarima maydonchasi oldida yuqori o'ynadi.

Standart vaziyatlarida paytida odatda qanot himoyachilari markazda qolishadi va qolgan barcha futbolchilari raqib jarima maydonchasi oldida joylashishadi. Ammo kechagi o'yinda AGMK har bir standart vaziyat yoki burchak zarbasi paytida butun jamoa bo'lib raqib jarima maydonchasi atrofida to'plangani, qanot himoyachilari markazda emas, jarima maydonchasi oldida "podbor"da turgani AGMK standart vaziyatlarida maxsus tayyorgarlik ko'rganidan darak.

Bu esa "Istiqlol"ga qarshi hujumga qochish imkoniyatini keskin oshirardi. Raqibda bunday vaziyatlar yuzaga keldi, biroq AGMK mudofaa chizig'i barchasini o'z vaqtida payqab, pozicion juda tartibli o'ynaganini etirof etish mumkin.

CHap qanot himoyachisi Saydullo Rahmatovdan boshqa barcha himoyachilar uchun kechagi bahs OCHLdagi ilk o'yin edi. Lekin xalqaro uchrashuv salobati ularni "bosib" qo'ymagani kecha ko'rindi. Taktik ko'rsatmalarni yaxshi bajargan himoyachilar nafaqat himoyalanishda, balki hujum boshlashda ham faol bo'lishdi.

Tanaffusga qadar AGMK aynan oldindan ishlangan burchak zarbasini rejadagidek amalga oshirdi va muvozanatni tikladi. Yana o'sha Dilshod Jo'raevning uzoq burchakda payt poylashi va to'p unga kelishi samarali yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim ham birinchisi kabi boshlandi. Yana o'sha tajovuzkor ruhda tushgan "Istiqlol" va yana standart vaziyati. Bu safar jamoa sardori Fatxullo Fatxulloevning oshirmasidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan o'zbekistonlik himoyachi Jalil Kimsanov boshi bilan darvozani ishg'ol etdi. O'tkazib yuborilgan gollar darhaqiqat Qosimov aytganidek, ko'proq konsentraciya bilan bog'liq. Har ikkala taym boshida AGMK raqibdan bunday tajovuzkorlikni kutmagani pand berdi. "Istiqlol" esa aynan mazkur holatni hisobga olib raqibga kutilmagan yurish qilishga erishdi. Bu reja esa har ikkala taym boshida ish berdi. Qosimov esa bunga taktik javob qaytardi. Birinchi bo'limda o'yin boshlanishi bilan o'yin rejasini o'zgartirgan Qosimov, ikkinchi taymda taktik o'zgarish orqali uchrashuvga tub burilish yasashga erishdi.

Zaxiradan maydonga tushirilgan G'ulomHaydar G'ulomov va Jasur Hakimov nafaqat taktik sxemani (4-3-3dan 4-4-2ga almashdi), balki o'yin borishini ham o'zgartirib yubordi. Aynan Hakimov AGMKni uchrashuvda ilk bor hisobda oldinga olib chiqqan golni urdi.

Uchrashuv davomida bir emas, ikki bor hisobda ortda qolgan va yakunda iroda namoyish etib, ajoyib "kambek"ni amalga oshirgan AGMK uchun bu g'alaba juda muhim. Birinchidan, jamoa OCHL saralash bosqichining keyingi raundiga o'tdi. Klub o'z tarixidagi ilk xalqaro o'yinda g'alaba qozondi. OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun dastlabki qadamni qo'yishga erishdi. Yangi shakllanayotgan jamoa o'z tarixidagi yangi sahifalarni ochishda davom etmoqda.


Kechagi kun qahramoni - Jasur Hasanov (4 golli uzatma)


AGMK kecha turli xil scenariy ostida o'tgan bahsda o'zini yo'qotib qo'ymadi, kerak paytda bir jamoa bo'lib jipslasha oldi. Xarakter ko'rsatdi. Jamoa mentaliteti o'zgarayotganini, yani g'oliblik ruhi paydo bo'layotgani ko'rindi. Bu albatta yaxshi holatlar. Mirjalol Qosimov qisqa vaqt ichida mavjud futbolchilardan to'plangan yangi jamoani birlashtira olayotganiga guvoh bo'ldik. Jamoa taktik taraflama juda pishiq ko'rindi. Hujumdan himoyaga qaytish yoki aksincha, himoyadan hujumga o'tishni jamoa yaxshi uddaladi. Bahsni borishiga qarab jamoaning uchrashuvdagi majburiyatlari o'zgarishi umumiy jamoaviy o'yinni buzib qo'ymagani quvonarli holat. Muhimi, murabbiyda jamoani qaysi payt qanday o'ynata olish tasavvuri va zaxira rejalari mavjud. OCHLda esa bu eng muhim omil.



"Istiqlol" jamoasining yaxshi o'yini va bazi paytda AGMKning kamchiliklarini ham ko'rsatib bergani Qosimovga tegishli xulosalarni chiqarish uchun ko'maklashishi aniq. Birinchi navbatda konsentraciya. Kichik etiborsizlik natijasida "Istiqlol" bunday vaziyatdan ikki bor foydalandi. Keyingi raqib yanada jiddiyroq, vazni og'ir jamoa. "Al Nassr" bilan bo'ladigan bahsda bunday etiborsizlikka yo'l qo'yish juda katta xato bo'ladi. Konsentraciyani bir zumga bo'lsa ham yo'qotmaslik asosiy faktorlardan biriga aylanadi. "Istiqlol" bundan foydalanayotgan bir paytda, darajasi ikki karra yuqori bo'lgan "Al Nasr" buni kechirib o'tirmasligi aniq.

SHu o'rinda AGMKning bo'lajak raqibi Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasi haqida qisqa to'xtalib o'tamiz.

Jamoa kecha OCHL AGMK bilan bo'ladigan o'yin uchun futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi. Unga ko'ra, OCHLga (3+1) qaysi legionerlarini ro'yxatga kiritgani malum bo'ldi. "Al Nassr" osiyolik legioner limitiga asosiy darvozaboni Bred Jons, braziliyalik himoyachi Maykon Roke, yarim himoyachi Juliano hamda marokashlik hujumchi Abdulrazzoq Hamdallah qaydnomaga kiritilgan. Limit tufayli Bruno Uvini (Braziliya), Petros (Braziliya), Ahmad Musa (Nigeriya) va Nurdin Amrabat (Marokash) kabi legionerlar OCHLda o'ynay olishmaydi. Bu esa AGMK uchun birmuncha engillik taqdim etadi. CHunki mazkur futbolchilar jamoaning asosiy uzagi sanaladi va murabbiy OCHLdagi limit tufayli ularning xizmatidan voz kechishga majbur. Saudiya Arabistoni chempionatida esa legionerlar limiti 8+1ni tashkil etadi. Limit tufayli legionerlar xizmatidan voz kechilgani "Al Nassr"ning jamoaviy o'yin sifatiga yaxshigina putur etkazishi mumkin. Lekin jamoaning zaxirasidagi mahalliy nomlar - Yaxyo Al SHehri, Sahlavi kabi chempionat o'yinlarida zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar ham ulardan qolishmaydi.

Garchi "Al Nassr" barcha legionerlar xizmatidan foydalana olmasada, ro'yxatdagi xorijlik futbolchilar darajasi Osiyo futboli uchun top darajaga teng. Darhaqiqat, ularning legioner futbolchilarining sifati nihoyatda yuqori va bir bosh ustun.

AGMK alohida etiborni jamoaning asosiy to'purari Abdulrazzoq Hamdallahga qaratishi lozim bo'ladi. Mazkur hujumchi yarimta vaziyatdan gol urish salohiyatiga ega futbolchi. To'pni o'zida yaxshi saqlaydi, ikkinchi qavatda bosh bilan o'ynash bo'yicha kuchli. Hamdallah AGMKning himoya chizig'iga haqiqiy bosh og'riq bo'lishi mumkin. SHuningdek, "Zenit"dagi faoliyati orqali ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan Juliano ham jamoaning hujumini tashkil etishda juda faol va xavfli.

Malumot o'rnida: "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionatida 20-turdan so'ng 43 ochko to'plagan holda 2-o'rinda ketmoqda.


AGMK "Istiqlol"dan nafaqat futbolimizdagi farq, balki chempionat hali start olmagani etibori bilan ham nisbatan teng sharoitda edi. "Al Nassr"ga qarshi o'yin esa barcha taraflama ustunlikni raqib tomonga og'dirmoqda. Jamoadagi nomlar, "Al Nassr" ayni qizigan chempionatda o'ynayotgani, yani o'yin amaliyoti borasida ortiqcha muammo yo'q.


Butkul yangilangan AGMK esa kechagina ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi. Jamoa nafaqat o'yin borasida to'liq shakllanib ulgurmagan, balki jismoniy jihatdan ham 100% tayyorgarlikka ega emas. Sport forma futbolchilarga o'yindan-o'yinga keladigan jarayon.

AGMKning mazkur bahsda o'zining kuchli taraflaridan naf chiqaradigan sharoitda emas. SHu boisdan ham murabbiylar bu bahsga ko'proq taktik jihatdan etibor berib, asosiy urg'uni raqibning kuchli taraflarini zararsizlantirishga qaratishlari talab etiladi. Ikkinchi raqam ostidagi taktik puxta o'yin orqali AGMK Saudiya Arabistonidan kerakli natija bilan qaytishiga ishonch berishi mumkin. Mirjalol Qosimov bunday qiyin sharoitda nima qilishni va qanday reja asosida o'ynashni yaxshi biladi.

Qarshi hujum va standart vaziyatlari juda as qotadigan bahsda AGMKning haqiqiy etakchisiga aylangan Jasur Hasanovning o'rni ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega. OCHLdagi tajribasiga tayanib, mazkur o'yinda Akmal SHorahmedovning ham xizmatlariga ehtiyoj seziladi, nazarimda. Jasur Hakimov esa yana "joker" rolida zaxiradan o'z paytini kutgani maqul. Hakimov bu ishni o'tgan bahsda qoyilmaqom darajada uddalay oldi. Sanat SHixov esa yangi shakllanayotgan AGMK jamoasida o'z o'rniga ega ekanligini isbotladi. Tayanch nuqtasidagi Dilshod Jo'raev gardaniga tabiiyki eng mashaqqatli ish yuklanadi.

To'g'ri, Saudiya Arabistonidagi to'qnashuvda favorit nomi aniq. Lekin favoritlar doim ham g'alaba qozonavermasligini AGMK isbotladigan potencialga egadek. Asosiy faktor esa siz to'g'ri payqagan - Mirjalol Qosimov.



AGMK yo'lidan chiqayotgan muammoli raqib "Al Nassr" to'sig'ini o'z foydasiga hal etishiga tilakdoshmiz.


SHahboz Beg'amov - "Telegram" kanal"Instagram"

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика