So’nggi yangiliklar

17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  0 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  3 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1

Mirjalol Qosimov: "Doim hujumkor va ochiq o'yin ko'rsatamiz, shu sabab biz bilan o'ynash juda ham oson" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Doim hujumkor va ochiq o'yin ko'rsatamiz, shu sabab biz bilan o'ynash juda ham oson"

O'zbekiston Superligasi 3-tur doirasidagi OKMK - "Dinamo" (3:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Muhimi kerakli natijaga erishdik. Karlenovichning uslubini bilaman, qolaversa "Dinamo" ikkita o'yinda ochko to'plamagandi. 

Bugun maydonda bir-biriga mos ikkita jamoa harakat qildi va mazmunli o'yin bo'ldi. O'yin 2:1 bo'lib turgan payti Javohir jamoani qutqardi va biz undan keyin uchinchi to'pni kiritdik. Bu futbol", — deya so'z boshladi Qosimov.


— OKMK birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdi, ikkinchi bo'limda esa tashabbusni raqibga topshirib qo'ydi. Himoyaga qaytish ko'rsatmangizmidi yoki "Dinamo" shunchalik qo'shdimi?

— Kichik xatolar, aniqrog'i to'p uzatmalaridagi xatolar sabab ustunlikni "Dinamo"ga berib qo'ydik. Bunday ko'rsatma berilmagan. Biz doim hujumkor va ochiq futbol ko'rsatishga harakat qilamiz va shu sabab biz bilan o'ynash juda oson.

— Bugun zaxiradan yoshlarni tushirdingiz va ular yomon o'yin ko'rsatishmadi. Ularni keyingi o'yinda asosiy tarkibda ko'rishimiz mumkinmi?

— Bizda iqtidorli yoshlar bor. Barchasi o'zlarining qo'lida va ular juda ko'p ishlashlari kerak. O'zlari, oilalari uchun harakat qilishlari kerak. Umuman olganda, 16 yoshda ham 50 yoshda ham harakati yaxshi bo'lsa nega endi o'ynamasligi kerak? O'rinbosarlar o'yinlarini kuzatyapmiz, agar yaxshi o'ynashsa har birlariga imkoniyat beriladi.

— 3-turdan so'ng chempionat haqidagi fikringiz qanday?

— Hali nimadir deyishga erta. Yil so'nggiga qadar shunday kurashlarni ko'rsak kerak. Jamoalar bir-biriga teng ko'rinmoqda, aniqrog'i peshqadam va autsayder yo'qdek.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика