So’nggi yangiliklar

12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  1 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  0 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  4 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  4 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  6 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  10 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1

Mirjalol Qosimov: "CHempionlikka harakat qilamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "CHempionlikka harakat qilamiz"

Superliga klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini davom ettirishmoqda.

CHempionatning amaldagi bronza medallari sohibi AGMK ham Toshkent shahrida yig'inga kirishgan. Kecha jamoaning mashg'ulotini bevosita kuzatib bordik.

Mashg'ulot yakunlanish arafasida bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni suhbatga chorladik.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk qismini 20-30 dekabr sanalarida o'tkazdik. Yangi yildan keyin 5 yanvar kuni yig'ildik. Ayrim futbolchilar jamoani tark etdi. Ularning o'rniga boshqalar taklif qilindi. Masalan Anzur Ismoilov, Dmitriy Mishchenko, Abdulla Abdullaev, Xurshid G'iyosov kelib qo'shildi. Yana oladigan futbolchilarimiz bor. O'zingiz bilasiz o'tgan yilgi tarkibdan ko'p futbolchilar boshqa jamoalarga yo'l oldi. Bo'sh qolgan poziciyalarni to'ldirishimiz kerak. Uchinchi o'rinni qo'lga kiritganimizni yomon natija, deb o'ylamayman. Yanada ko'proq ishlashimiz lozim",- deydi Mirjalol Qosimov


- Xorij yig'ini rejadan o'rin olganmi?

- Albatta rejamiz bo'yicha yanvar oyida Dubayga borishimiz kerak edi. Mashg'ulot o'tkazadigan "Jabel Ali" majmuasida jamoalar ko'p. Endilikda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boramiz. Bizdagi muammolardan biri mashg'ulot uchun maydonlarimiz yo'qligi. SHuning uchun mana "Navbahor" ham xorijda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. 

- Demak AGMK hali transferlardagi yurishini davom ettiradi. Boisi ketgan va kelgan futbolchilar orasida katta tafovut yuzaga kelmoqda...

- To'g'ri. Yoshlarga ham imkoniyat beriladi. Niyatimiz Olmaliq shahridan yaxshi futbolchi etishtirib chiqarish. Selekciya yil davomida bo'lishi kerak. 

- So'nggi ikki yildagi gegemon "Paxtakor" tarkib jihatdan kuchsizlandi. Bundan boshqa jamoalar foydalanib qolishi mumkinmi? 

- Maqsad har doim bor. CHempionlikka harakat qilinadi. Tarkibni kuchaytirib bemalol urinib ko'rish mumkin. "Jo'jani kuzda sanaymiz", - degan gap bejiz aytilmagan. Hammasini vaqt ko'rsatadi. "Paxtakor" nechi yillik tarixga ega jamoa. Kimdir keladi, kimdir ketadi, busiz iloji yo'q. Bu aldamchi holat bo'lib qolishi mumkin. Qolaversa "Paxtakor"ning akademiyasi ham kuchli. Ko'p narsa birinchi davra oxirlariga kelib malum bo'lib qoladi.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

VIDEO. AGMK mashg'ulotidan reportaj va Mirjalol Qosimovdan intervyu

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика