So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  27 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

Mirjalol Qosimov: "CHemirtan xato transfer bo'lgan" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "CHemirtan xato transfer bo'lgan"

Oliy liganing 23-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Mashal" uchrashuvidan keyin "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.


- Avvalambor ertangi o'qituvchi va murabbiylar kuni bilan barcha murabbiy va ustozlarni muborakbod etamiz. Jamoamiz va klubimiz nomidan barcha o'qituvchi va murabbiylarni tabriklayman.
O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, birinchi bo'limda jamoamiz yaxshi o'ynadi, gollar urdik, g'alabani deyarli hal etdik. Ammo ikkinchi bo'limda yana o'sha eski muammo kuzatildi.

"Mashal" ancha shijoatkor va harakatchan jamoa. Bu jamoani imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. Muborakliklar istalgan jamoaga xavf tug'dirishga qodir jamoa. Ammo bugun ulardan yanada ko'proq qarshilik kutgandim. Bugungi uchrashuvda jamoamiz birinchi bo'limda berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajarishgani uchun barcha masala hal etildi. SHu boisdan "Mashal" bugun kutilganidek o'ynay olmadi.

CHemirtan? Bu futbolchini jamoaga olib kelish xato bo'lgan. CHemirtan "Bunyodkor"ning saviyasiga mos futbolchi emas. Masalan kecha CHemirtan yoshlar tarkibida o'ynadi. Ammo hujumchi bir taym mobaynida darvoza tomon birorta zarba bergani yo'q. Bu qanday hujumchi?

Ashurmatov nega o'ng qanotda o'ynadi? CHunki Dilshod Ahmadalievni o'yindan oldin biroz tobi qochib qoldi. SHu sababdan ham Ashurmatovni qanotga qo'ydik.

"Bunyodkor" doim yuqori maqsadlarni ko'zlaydi. Biz joriy mavsumda ham ikkita sovrindan bittasini qo'lga kiritishni istaymiz. Aytadiku, osilsang balandorga osil deb. "Bunyodkor"ni maqsadi mavsumni sovrin bilan yakunlash.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика