So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  5 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Mirjalol Qosimov: "Buyog'iga bizni yanada og'ir o'yinlar kutmoqda" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Buyog'iga bizni yanada og'ir o'yinlar kutmoqda"

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 4-tur doirasidagi "SHabab Al Ahli" - AGMK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga hujumchi Aleksandr Kasyan hamrohlik qildi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum. Ekvatordan o'tib oldik. Buyog'iga bizni yanada og'ir o'yinlar kutmoqda. Sababi futbolchilarda toliqish ham bo'lishi mumkin. Biz uchun "SHabab Al Ahli"ga qarshi bellashuv juda muhim o'yin. Oson bo'lmaydi. Lekin guruhdagi holatimizni yaxshilab, ochkolarni jamg'arib olish uchun imkoniyatimiz bor. Ertaga ham muxlislarimizni xursand etish uchun maydonga chiqamiz".


— O'tgan o'yinga nisbatan ertangi bahsda o'zgarishlar bo'ladimi? Qanday o'zgarishlarni kutish mumkin?

— Ertangi o'yinda katta o'zgarishlar bo'lmasa kerak. O'ylashimcha, darvoza o'lchami va maydon sig'imi ham o'zgarmasa kerak. Albatta bu hazil. Avval aytganimdek, futbolni majburan o'ynab bo'lmaydi. Kuchli xohish va ishtiyoq bilan yurakdan o'ynash kerak. Ikki kun oldin o'ynadik. Muhimi, ertangi bahsda kamroq xato qilib, ko'proq vaziyatlar yaratish hamda raqibni xato qilishga majburlab, yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanish. Va albatta darvozabonlarga ham ko'p narsa bog'liq. Ular qancha ko'p jamoani qutqarsa, bu futbolchilarga o'yin davomida katta engillik va ishonch beradi.

 

Aleksandr Kasyan (AGMK hujumchisi): "Hammaga salom! Bizni ajoyib uchrashuv kutmoqda. Ertangi bahs qolgan o'yinlar kabi juda muhim. Biz maydonga murabbiylarning ko'rsatmasini bajarish uchun albatta g'alaba ishtiyoqida chiqamiz. Har uchinchi kuni futbol o'ynash futbolchilarda jismoniy yuklamalarni oshirmoqda. Oson bo'layotgani yo'q. Lekin biz qaerga kelayotganimizni bilardik. Bu CHempionlar ligasi. Hech kimga oson bo'lmaydi. CHarchoqlarga qaramasdan maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. AGMK Ar-Riyodga shunchaki kelmagan, balki oldiga qo'ygan maqsadiga erishish uchun kelgan".


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика