So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor"da raqobat yo'qolgan" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor"da raqobat yo'qolgan"

Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv "Bunyodkor" - "Paxtakor" (1:1) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.


- Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi taymda biz mezbon sifatida chiroyli, muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatdik, deb o'ylayman. Ammo ikkinchi bo'limda tushunarsiz holat kuzatildi. Biz tanaffusda ham hujumkor ruhni davom ettirish lozimligini aytgandim. Ammo futbolchilar ikkinchi taymda hisobni ushlab qolish uchun o'ynashdi. Goldan keyin yana o'z holiga kelib, birinchi bo'limdagidek o'ynashni boshlashdi. Agarda gol keyin ham ikkinchi taym boshidagidek o'ynashganida, men o'ylardimki, futbolchilarda jismoniy tarafdan kamchilik bor deb. Ammo ular xarakter ko'rsatishdi. Agarda jamoamiz himoyadan o'ynashi kerak bo'lganida, men boshqacha taktika o'ylab topardim. Jamoadagi futbolchilarga ruhiyat etishmayapti. Bu aynan rahiyat bog'liq masala. O'yin qaysidir tarafdan ishqibozlarga yoqdi, deb o'ylayman. Biz bunga astoydil harakat qildik. Jamoadagi kamchilik, futbolchilarning ruhiyatidagi muammolarni yo'qotishga harakat qilamiz.

Tanaffusda birinchi bo'limdagidek hujumkor o'ynashni, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etishni takidlagandik. Ammo teskarisini qilishdi. "Brovka"dan baqirib, ularga tanbeh berganimiz bilan befoyda. Bu o'sha futbolchilarning ruhiyati bog'liq muammo.

Bizning birinchi galdagi vazifa ushbu muammolarni yo'q qilish. Bu bilan kurashish. Futbolchilarga orqaga qadam yo'qligini, faqat oldinga borish kerakligini tushuntirish. Ularga g'oliblik ruhini olib kirish. "Bunyodkor" 10 o'yindan keyin 7ta gol urib, o'z darvozasidan 8ta o'tkazib yubordi. Bu juda kichik natija.

Issiqda o'ynab, qo'ldagi g'alabani topshirib qo'yish albatta alamli. Barchani kayfiyati tushib ketdi. Lekin kiyinish xonasida futbolchilarga bundan buyog'iga yanada issiqda, viloyatlarda bundanda ertaroq o'ynalishini aytib o'tdim. Buyog'iga irodasi kuchli jamoalar g'olib bo'lishadi. Ichki imkoniyatlarni qo'shish zarur. Jamoadagi futbolchilarga iroda, g'oliblik ruhini singdirib borishimiz kerak. Futbolda ichki kuchni ishga solish kerak.

Jamoaga kelganimga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. "Bunyodkor"da raqobat yo'qolgan. Masalan SHomurodov, Komilov, Zuhurov, Hamdamov, markaziy himoyachilarga raqobatchilar yo'q. Futbolda raqobat bo'lishi shart. O'shandagina futbolchilar o'sadi. Buning uchun jamoada ikkita tarkib bo'lmog'i lozim.

Xato qilganida albatta gapiriladi, tushuntirilida, ammo o'sha futbolchi keyingi o'yinda ham maydonga tushishini biladi. CHunki unga raqobatchi yo'q. Masalan darvozabon ham doim oxirgi vaziyatda jamoasini qutqara olishi lozim. Bekorga darvozabonlarni yarim jamoa deyilmaydi. Lekin unga raqobatchi bo'lmasa, o'ylaydiki keyingi uchrashuvda ham yana maydonga tushaman, mashg'ulotlarda engil tin olishi mumkin. O'z ustida ishlashdan to'xtab qoladi.

OCHLdan keyin Dubaydan keliboq G'uzorga ketib qoldik. Jamoani hali to'liq tiklash jarayonini ham tuzuk o'tkazish qiyin bo'lmoqda. Agarda ikkinchi tarkib bo'lganida, keyin bemalol rotaciya qilib turib, qolganlarga dam bera olardik. Davralar oralig'iga qadar akademiyaga etibor qilib, ularga murojaat qilamiz. Jamoada raqobatchi yuzaga keltirish uchun barcha harakatni amalga oshiramiz. Ko'plab yosh futbolchilar avvaliga 3-4 daqiqa o'ynash imkoniyatini beramiz. O'zim ham dastlabki o'yinimda, 16 yoshligimda 3 yoki 4 daqiqa o'ynagandim. Iloji boricha barcha futbolchilar bilan tanishib, kim nimaga qodirligini ko'rib chiqamiz.

CHemirtan? Vadim CHemirtan singan qo'li bilan "Al Ayn"da o'ynagandi. O'sha o'yinda u qo'lini yanada shikastlab oldi. SHu boisdan ham CHemirtanni G'uzorga ham olib keta olmadik. Bugun ham undan foydalana olmadik.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика