Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor"da raqobat yo'q"
21 iyu 2017 08:00
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor"da raqobat yo'q"
Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" (4:2) uchrashuvi yakunlangach tashkil etilgan "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Buxoro"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz
umuman qovushmadi. Ikkinchi taymda o'zimizga keldik, ammo poezd ketib
bo'lgandi.
"Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan so'ng o'yinimizdan yigitlar hayolan bugun ham yutib bo'lishgandi. Jamoamizda raqobat yo'q, markaziy himoyachilarimiz juda bo'sh o'ynashdi. Otabek SHukurov jiddiy xato qildi, himoyachi bunday o'ynamasligi kerak. "Buxoro" 15 daqiqa ichida 3ta gol urib masalani hal qilib qo'ydi.
Ikkinchi davra oldidan tarkibimizni kuchaytiramiz. CHemirtanning taqdirini keyin hal qilamiz. Legioner olsak ham mahalliy futbolchilardan ikki bosh ustun bo'lishi kerak. Agar o'zimizning yigitlardan ustun bo'lishmasa ulardan naf yo'q.
Siz aytgandek terma jamoada o'ynashga har bir futbolchi loyiq. Ivan Nagaev yaxshi formada ekanligini ko'rish mumkin. Ammo terma jamoaning murabbiylar shtabi bor, qarorni ular qabul qilishadi. Menimcha hozir Nagaev ham chaqiruvga loyiq, - deydi Qosimov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati

Fikrlar