So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Mirjalol Qosimov: "Bugungi bahs turning eng qiziq o'yini bo'lsa kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bugungi bahs turning eng qiziq o'yini bo'lsa kerak"

Coca Cola Superligasining 5-turining markaziy bahsi – OKMK va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Uchrashuv haqida

- O'yin qiziqarli o'tishi kutilgandi. Ikki jamoa ham bir-biriga munosib. O'tgan yilgi o'yinlarda ham kurashlarga boy va ochiq futbol bo'lgandi. Bunga tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda ikkinchi bo'limga qarganda kuchliroq harakat qildik. Bugungi bahs turning eng qiziq o'yini bo'lsa kerak. O'yin muxlisbop bo'ldi.

- Bugun yoshi katta o'yinchilardan Sanjar Tursunov va Anzur Ismoilov yaxshi harakat qildi. Ularning tajribasi haqida nima deya olasiz?

- Bu futbolchilarning jamoadagi o'rni muhim. Bu yillar davomida yig'iladigan tajriba. Mana, Jasur Hasanov ham 40 yoshida o'ynayapti. Bunday o'yinchilar Evropada ham bor. 

- Jamoaning maqsadi qanday?

- Bu savol har o'yinda beriladi. Maqsad bo'lmasa, ishlashning hojati yo'q. 

- Tunislik legioner Muhammad Salim va o'tgan mavsum "Olimpik"da porlagan Elyor Begimovga etarlicha imkoniyat berilmayapti. Ularning o'yinidan qoniqmayapsizmi?

- Eng ko'p rotaciya qiladigan murabbiy o'zimman. 20 ga 20 futbol o'ynaydigan bo'lsak, barchani maydonga tashlardim. CHempionat hali ancha vaqt davom etadi, o'yinlar juda ko'p. Vaqti kelganda, ularga imkoniyat taqdim etiladi. 

- Jarohat olgan Mirjamol Qosimov va Vitaliy Denisov qachon safga qaytadi?

- Endi mashg'ulotlarga kirishdi. Qachon jismonan tayyor bo'lsa, ularni maydonda ko'rasizlar.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика